• Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari xaqida tushuncha
  • Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar
    buzganlik uchun javobgarlik
    Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida
    aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik
    qilayotgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda
    intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
    Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy
    hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
    Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi
    natijasida mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan hodimga O‘zbekiston Respublikasi
    qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi hamda
    sog‘ligiga etkazilgan shikast uchun tovon to‘laydi.
    Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va
    jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi lozim.
    Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa
    turlariga muxtoj bo‘lsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog‘liq harajatlarni
    to‘laydi, shuningdek, jabrlanuvchining kasbini o‘zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy
    xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan
    harajatlarni qoplaydi.
    Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli
    huquqqa ega bo‘lgan shaxslarga moddiy ziyonni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida


    96
    belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
    Mahkamasi belgilab qo‘yadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi.
    Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb kasalliklari xaqida tushuncha
    Aloqa korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi
    qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jaroxatlanishga,
    zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
    Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr
    ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarog‘atlanishga urilish natijasida
    lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan ku yish, issiq urishi,
    sovuq urishi, o‘tkir zaxarlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot
    faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz xodisa deb xam yuritiladi.
    Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab
    chikarishda, ish joyida
    jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
    jaroxatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish.
    Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan
    buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod xududida yuk ortish va yuk
    tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan
    jarohatlanishlar kiradi.
    Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida,
    komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish
    xududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
    Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini
    o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
    Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir
    bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar xisoblanadi. Ma’muriyat birinchi va ikki turdagi
    baxtsiz xodisa, ya’ni jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog‘langan taqdirda javobgar
    hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlari
    uchun to‘liq xaq to‘lanadi.
    Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitini yaratish soxasida yul
    qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va
    me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat
    xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov mikdori ma’muriyat xodimi va
    ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish
    bilan bog‘liq, bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq
    to‘lanishi kerak deb belgilangan.
    Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib
    chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaxarlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi
    mumkin. Kasbiy zaxarlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali
    zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
    Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaxarlanish deyiladi, agar
    uzoq muddat davomida zaxarli moddalar yig‘ilishinatijasida yuz bersa, surunkali zaxarlanish
    deyiladi. Surunkali zaxarlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz
    ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan xamma kasalliklar kiradi. Masalan, xavo
    bosimining ortiq yoki kam bo‘lishi natijasida kesson kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan
    chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig‘lanish va zaxarli moddalar ta’siridan dermatit
    va yara kasalliklari kelib chiqadi.
    Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib
    bo‘lmaydigan xol xisoblanadi. Agar bunday xol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l
    qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
    Shuning uchun xam ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz
    xodisa xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi. Tekshirish va xisobga olish umumiy


    97
    o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan baxtsiz xodisalar va kasb
    kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli
    bunday baxtsiz xodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish