Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar etishi va ish beruvchi masuliyati




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar etishi va ish beruvchi masuliyati.
Umumiy qoidalar
Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga o‘tish korxonalar faoliyati amaliyotida katta
o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi.
Ko‘pchilik korxonalarda boshqaruv strukturasi qator mutaxassislar lavozimlari, shu
jumladan Mehnat muxofazasi bo‘yicha mutaxassisliklarning qisqartirish tomonga o‘zgardi,
davlat organlari va nazorat kasaba uyushmalari, idoralar tomonidan xavfsiz ishsharoitlariga
rioyaetish ustidan nazorat saviyasi sustlashdi.
Natijada so‘nggi yillarda ishlab chiqarish travmatizmi muxim darajada o‘sdi. SHundan
kelib chiqib, jabrlanganlar va ularning oilalari uchun bo‘lgani kabi ish beruvchi uchun xam
muxim axamiyat kasb etib, xuquqiy bazaga ega sanaladi.
O‘zbekistonda xar bir xodim ishi bilan bog‘liq tarzda salomatligiga etkaziladigan zararni
qoplash xuquqiga ega.
Ish beruvchi vaqtida va to‘g‘ri ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni tergovini o‘tqazish
va hisobini olish, shuningdek xodimlarga etkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlikni
zimmasiga olishi shart.
Xar qanday shikast etkazuvchi voqea baxtsiz voqea sanaladi
18
.
1. Mexanik (sanchilgan, kesilgan,lat egan va x.k.).
2. Termik (kuyish, muzlash, sovqotib qolish, issiqlik zarbasi va x.k.).
3. Elektrik.
4. Kimyoviy.
5. Psixik va boshqa.
Ularning oqibatida inson qisqa muddatga yoki uzoq davrga mehnatga layoqatini
yuqotadi.
18
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7.


92
Baxtsiz xodisa deb kasbiy kasalliklar, kasbiy zaxarlanishlar va ayrim xolatlarda umumiy
kasalliklar tushuniladi.
Tibbiy muassasa xulosasi mehnat majburiyatlari bilan bog‘liq salomatlikka putur etishlar
soniga umumiy kasallik uchun zarur shart hisoblanadi. Salomalikka putur etkazadigan baxtsiz
xodisalar ishlab chiqarish xodisalari yoki maishiy hisoblanadi.
Ish beruvchi faqat ishlab chiqarish baxtsiz xodisalari uchun javobgardir.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar quyidagilardan iborat:
-ular tomonidan mehnat vazifalari (shu jumladan xizmat safarlari xam) ni bajarish,
shuningdek ish beruvchi topshirig‘isiz xam korxona manfaatlari doirasida biror bir xalokatlarni
amalga oshirayotganda;
-korxona transportida ishga yo‘l olayotganda yoki ishdan qaytayotganda;
-belgilangan tanaffuslardan tortib butun ish vaqti mobaynida korxona xududi yoki boshqa
ish joyida;
-o‘tqazilish joyidan qat’iy nazar shanbalik o‘tqazilayotgan vaqtda;
-ishlab chiqarishda yuz bergan avariyalarda;
-ish vaqtida xizmat ob’ektlari o‘rtasidagi xarakat bilan faoliyati bog‘liq xodim bilan
jamoat transportida yoki piyoda, shuningdek ish beruvchining topshirig‘iga ko‘ra, ish joyiga
ketayotganida;
-ish vaqtida xizmat safarlari yoki ish beruvchining topshirig‘iga ko‘ra, shaxsiy engil
transportda;
-ish vaqtida boshqa shaxs tomonidan tanaga shikast etkazish, yoki mehnat vazifasini
bajarayotganida xodimning qasddan o‘ldirilishi.
Faqat o‘z o‘limi, tabiiy jon berio‘ xodisalari, shuningdek, jinoyatlar qilayotganda o‘sha
jabrlanuvchilar tomonidan jaroxatlar inobatga olinmaydi. Ish beruvchining javobgarligi qanday
vaziyatlarda baxtsiz xodisa ro‘y bergani va etkazilgan zararga bog‘liq.
1. Agar zarar yuqori xavfsizlik manbai tomonidan etkazilgan bo‘lsa, ish beruvchi voqea
tabiiy ofat oqibatida, yoki jarblanuvchi g‘arazi yoki uning qo‘pol extiyotkorsizligi tufayli,
bo‘lganini isbotlay olmasa,u etkazilgan zararni to‘liq miqdorda qoplashi kerak.
Masalan, metall qirquvchi uskunada ishchi qo‘liga shikast etdi. Ish beruvchi tomonidan
Mehnat muxofazasi va Texnika Xavfsizligi buzilmadi. Jaroxat ishchining oddiygina
extiyotkorsizligi natijasida kelib chiqdi. Baxtsiz xodisa yuqori xavflilik manbai (uskuna) ta’sirida
yuz bergani bois ish beruvchi o‘z aybi bo‘lmasada, zararni to‘liq qoplashi zarur.
Ishchining qo‘pol extiyotkorsizligi xolatida ish beruvchi va ishchi aralash javobgar
bo‘ladi. Mazkur xolatda qoplash xajmi kamaytiriladi.
Extiyotkorsizlikning qandayligi (qo‘pol va yoki oddiy) vaziyatlar inobatga olinib, xar bir
aniq xodisada xal qilinadi. Bunda jabrlanuvchining yoshi, malakasi, jismoniy axvoli va
xokazolar, xamda baxtsiz xodisaning aniq vaziyati hisobga olinadi.
Masalan, agar ish bo‘yicha katta xamkasabalari misolida, yosh ishchi ximoya
ko‘zoynaklarini ko‘zidan olib qo‘ydi, u extiyotkorsizlik bo‘ladi. Biroq qo‘pol extiyotkorsizlikka
yo‘l qo‘ymadi. Uning texnika xavfsizligi bo‘yicha talablari va usta tanbexlariga qarshi borgan
tajribali xamkasabalari qattiq xarakatlarini qo‘pol extiyotkorsizlik deb hisoblash mumkin.
Ish beruvchi doimo jabrlanuvchiga ko‘ra, baxtsiz xodisani oldini olishda katta
imkoniyatlarga ega. Aynan, u xodimlar xavfsizligini ta’minlashga javobgardir.
2. Agar zarar yuqori xavflilik manbai tomonidan etkazilmagan bo‘lsa, ish beruvchi faqat
aybi bo‘lsagina javob beradi. Masalan, do‘kon sotuvchisi yordamchi xonalar o‘rtasida to‘kilgan
o‘simlik yoog‘idan toyib ketdi va yiqilishida jaroxat oldi, deylik. Baxtsiz xodisa yuqori xavflilik
manbai bilan bog‘liq emas. Demak, ish beruvchiga zarar uchun javobgarlikni yuqlashdan avval
uning aybini aniqlab olish zarur. Ayb esa shundaki, ish xavfsiz axvolda emas edi. Agar ish
muvofiq axvolda bo‘lganida edi, ish beruvchining bunda aybi xam bo‘lmasdi va u zararni
qoplashga majbur xam boshlmasdi.


93
Kasbiy kasallik, odatda, yuqori xavflilik manbai ta’sirida yuzaga keladi, bu xolatda ish
beruvchining aybini isbotlashning xojati yuq, faqat bu xastalikning mehnat majburiyatlari ijrosi
bilan bog‘liqlik jixatini aniqlash zarur.

Download 2,9 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar etishi va ish beruvchi masuliyati

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish