94
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar berish va
bilimlarni tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanada.
Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
malakasi
muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart.
Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi,
bunda lozim bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari to‘g‘risida axborot
talab
qilish huquqiga egadirlar, ma’muriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.
Xodimlarning ayrim toifalari (xotin-qizlar, yoshlar, mehnat qobiliyati cheklangan
shaxslar) shuningdek mehnatning og‘ir va zararli sharoitlarida ishlovchi xodimlar uchun
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.