95
Kasaba uyushmalari belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda ishtirok etadilar, ular bilan kelishib olinmagan
hujjatlarning kuchga kiritilishiga qarshi tegishli davlat idoralari orqali protest kiritish huquqiga
egadirlar.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarni sinash va
foydalanishga qabul qilish
davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat
ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar, mehnat muhofaza qilishining
ahvolini, uni yaxshilash bo‘yicha jamoa shartnomalarida ko‘zda tutilgan
tadbirlar bajarilishini
tekshiradilar va ularning natijalari yuzasidan aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan
bajarilishi shart takliflar kiritadilar.
Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lish yoki salomatlikka boshqacha tarzda
putur etishi tufayli keltirilgan zarar qoplanishi uchun hamda xodimlarning salomatligi va
mehnati muhofaza qilinishiga bo‘lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda kasaba uyushmalari
o‘z tashabbusi bilan yoki ishlovchilarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib
da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga
oshirilgan tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti,
bajariladigan ishlar
xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi
bergan xulosa tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi.
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga
molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va etkazib berayotgan korxonalar iste’molchilarga
etkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda
qoplaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar, qoidalar va me’yorlarning O‘zbekiston
Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi
va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ‘ib
qilish g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona
olgan foyda belgilangan
tartibda davlat hisobiga musodara qilinishi kerak.