102
Baxtsiz xodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz xodisalarning
sabablarini aniqlab bulmaydi, bu faqat baxtsiz xodisa sabablarini
aniqlash uchun material
bo‘la oladi. Ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o‘rganish uning ishlash qobiliyati
bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Bu bog‘lanish grafik shaklida 4.1-rasmda kursatilgandek o‘zgaradi. Ya’ni ishchi ish
boshlagandan keyin yarim soat davomida ish maromiga tushmagan
va sozlanmagan xolatda
bo‘ladi. Yarim soatdan keyin ish maromi muvofiqlashadi va bir me’yorda taxminan 3,5 soat
davom etadi, so‘ngra yana pasayish boshlanadi. Baxtsiz hodisalarning yuz berishi xam xuddi
shu grafik asosida borishi aniqlandi. 4 soat davomida ishchi charchashi xisobiga ish qobiliyati
kamaysa, xuddi shu charchash xisobiga baxtsiz xodisalar xam vujudga keladi.
4.1-rasm. Ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish
Tashkiliy sabablar.
Tashkiliy sabablarga qo‘yidagilarni kiritish mumkin.
Sanoat
korxonasini loyixalash vaqtida yo‘ul qo‘yilgan xatolar, ishchi va xizmatchilarning xavfsiz
ishlash usullariga o‘rgatilmaganligi, yo‘riqnomaning noto‘g‘ri o‘tkazilganligi, ishchilar
mehnatidan mutaxassisligi
buyicha foydalanmaslik, xavfsiz mehnat qilish texnik nazoratining
yo‘qligi, xavfli ekanligini bilib turib, betartib ish
yuritish va ishchilarning
o‘zaro
kelishmasdan ish olib borishlari, texnologik jarayonlarning buzilishi,
ishchilarning mexnat
qilish va dam olish rejalarining buzilishi, ish joylarini noqulay rejalashtirish, sanoat korxonasi
xududida yo‘lka va o‘tish joylarini noto‘g‘ri joylashtirish, ish joylarini noto‘g‘ri tashkil
qilish, nobop
ish qurollaridan foydalanish, shaxsiy muhofaza aslaxalarining ish sharoitiga
to‘g‘ri kelmasligi, to‘siqlarning yo‘qligi, xavf xaqidagi ogoxlantiruvchi plakatlarning
bo‘lmasligi va boshqalar.