100
1. Statistika usuli.
Bu usul baxtsiz xodisalarning umumiy
statistik xisobga olingan
sanoat jarohatlanishi materiallarini taxlil qilishga asoslangan. Mazkur
usul
sanoat
jarohatlanishini taxlil qilish uchun asosiy material bo‘lishdan
tashqari, baxtsiz hodisalarni
kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish uchun amaliy ma’lumot beradi.
Bu usul bilan sanoat
jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsienti va jaroxatning og‘irligi koeffitsientining
o‘rtacha ko‘rsatkichini olish mumkin.
Baxtsiz xodisalarning
takrorlanish koeffitsientini, 1000 ishchi hisobiga, ma’lum vaqt
davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz xodisalarning o‘rtacha miqdorini qo‘yidagi
formula orqali aniqlash mumkin.
1000
Т
Р
К
, (4.1)
bunda P - ma’lum vaqt
ichidagi jarohatlanganlar soni; T - shu vaqt ichida korxonada
ishlagan ishchilar soni.
Baxtsiz xodisaning og‘irlik
koeffitsientini, ya’ni har bir jarohatlanishning o‘rtacha
yo‘qotilgan ish kunlari hisobini ko‘rsatuvchi K ni qo‘yidagi formula bilan aniqlash mumkin.
Р
П
К
, (4.2)
bunda П-hamma baxtsiz xodisaga uchraganlar tomonidan yo‘qotilgan ish kunlari soni; P -
shu davrda baxtsiz xodisaga uchraganlar soni.Shuni aytib o‘tish kerakki, bu ko‘rsatkich haqiqiy
og‘irjarohatlanish belgilarini ko‘rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o‘lim bilan
tugagan baxtsiz xodisalar kiritilmagan, ular alohida hisobga olinadi.
Statistika usulini ikkiga bo‘lib karash qabul qilingan:guruh va topografik usullardir.
Guruh usuli.
Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz xodisalarning bir
xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi,
baxtsiz
xodisaning xususiyatini va x.k.) guruh xolida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.