• Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    4. Iqtisodiy usul.
    Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy
    zarar, shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz
    voqeani oldini olishga ketgan xarajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul
    bo‘lib hisoblaniladi chunki u baxtsiz xodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
    Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar
    Mehnat sharoitlari–ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir
    ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va
    kasb kasalliklari yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat
    sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.
    1.Guruh–
    sanitar-gigienik
    ishlab chiqarish muhiti, ish hududini xarakterlaydigan
    ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llaniladigan uskunalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq
    bo‘lib, miqdoriy baholanishi mumkin va me’yorlanadi.
    Sanitar-gigienik omillar:
    a) yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);
    b) mikroiqlim;
    v) havo xarorati, S;
    g) nisbiy namlik, %;
    d) havo harakati tezligi, m/s;
    e) havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) mg/m
    3
    ;
    j) mexanik tebranishlar:

    tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s);

    shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db);

    ultratovush (shovqin kabi);

    infraqizil, ultrabinafsha, ionlashishnurlanish (km, m, dm, sm, mm);

    radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);

    atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);

    kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.
    2.Guruh–mehnat jarayoni bilan shartlanadigan
    psixo-fiziologik
    . Ushbu guruhdan faqat bir
    qismi miqdoriy baholanadi.
    Psixofiziologik (mehnat) omillari:
    a) jismoniy vazifa (kkal);
    b) ish holati;
    v) asab–psixologik–aqliy, asab–hissiyot, ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;
    g) mehnat jarayonining bir xilligi;
    d) mehnat va hordiq tartibi (rejimi):

    smena ichi (tushlikka tanaffus);

    sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);

    yillik (ta’tilning davomiyligi);
    3.Guruh–
    estetik omillar
    , ishlayotganlar tomonidan
    atrof-muhit ahvoli va uning
    elementlari qabul qilinishi bilan xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi.
    Estetik omillar:
    a) ish hududida yorug‘lik tovush muhiti kompozitsiyasining uyg‘unligi, havo muhiti
    hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi,ish holatlari va mehnat harakatlarining
    uyg‘unligi;
    b) jamoaning ijtimoiy – ruhiy birdamligi;
    v) jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi);
    4.Guruh–mazkurmehnatjamoasidapsixologikiqlimnixarakterlaydigan
    sotsial-
    psixologik
    omillar, miqdoriybaholanmaydi.

    Download 2,9 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish