4. Saqlovchi muhofaza vositalar
Saqlovchi muhofaza qurilmalari, asosan, mashina va mexanizmlarda zo'riqish vujudga kelganda yoki ishlayotgan
ishchi hayoti va sog'lig'iga putur yetkazadigan vaziyat vujudga kelganda mashina va mexanizmlar harakatini to'xtatib qo'yishga
xizmat qiladigan qurilmadir. Zo'riqish hodisasi ishlayotgan stanokkal lozim bo'lganidan ko'proq kuch bilan ta'sir qilinganda
vujudga keladi, masalan, qirqish stanogiga o'rnatilgan jismning yo'nish qirqimi mumkin bo'lgan darajadan ancha katta bo'lsa, bu
qirqimni ko'chirish uchun stanokning kuchi yetmasligi mumkin, buning natijasida stanokni harakatlantiruvchi elektr motori kuyib
ketishi mumkin yoki qirquvchi vosita sinib ketishi ham ehtimoldan holi emas, bunday hollarda stanokka o'rnatilgan saqlovchi
qurilma elektr motoriga kelayotgan elektr tokini uzib qo'yadi. Buning bilan stanokka yetkaziladigan zararni oldi olinadi.
Xuddi shunday vazifani bajaruvchi vosita sifatida bosim ostida ishlaydigan idishlarda o'rnatilgan saqlovchi klapanlarni misol
sifatida ko'rsatish mumkin. Ko'pgina sanoat korxonalarida har xil zararli moddalar ajralib chiqishi natijasida kasb kasalliklariga
olib keladigan omillarning ko'pligini aytib o'tgan edik. Bunday omillarning havo muhitida ko'payib ketishidan saqlovchi qurilmalar
ham mavjud. Bunday qurilmalar havo tarkibidagi zararli nioddaning eng zararlisi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan darajadan oshib
ketmasligini nazorat qilib turadi. Bunday qurilmaga o'rnatilgan gaz aniqlagich avtomatik ravishda gaz miqdorini aniqlab, uning
miqdori chegara belgidan oshib ketsa, xonaga o'rnatilgan shamollatish qurilmasini ishga tushiradi va buning natijasida xonadagi
zaharli modda miqdori mo'tadillashtiriladi. Bunday qurilmadan sexlardagi havo tarkibida portlashga va yong'inga xavfli bo'lgan
moddalar miqdori ortib ketgan vaqtda ham qo'llaniladi. Bunday qurilmaning asosini sezgir asbob tashkil qiladi. Asbobning ishlashi
unga joylashtirilgan modda ma'lum gaz zichligining oshib ketishiga qarab qisqarishi yoki kengayishi mumkin yoki rangini
o'zgartiradi, bu esa tezda ma'lum signal vositasiga aylanadi. Buni signalni kuchaytiruvchi qurilma qabul qilib oladi va uni
kuchaytirib, o'lchash asboblariga o'tkaziladi. O'lchash asboblarida ma'lum chegaradan ortib ketganda xabar beruvchi yoki avtomatik
ravishda shamollatish tizimini ishga tushirishga moslangan qurilma o'rnatilgan bo'ladi.
Bundan tashqari saqlovchi qurilmalarning yomg'likka va issiqlikka asoslangan turlari ham bor. Ma'lumki, sanoat korxo-
nalarida havo muhitidagi zararli moddalar miqdorini aniqlashda indikator (ma'lum moddalarning boshqa moddalar ta'sirida o'z
rangini o'zgartirishi) usulidan foydalaniladi. Masalan, rangsiz suyuqlik yorug'lik nurini yaxshi o'tkazadi. Agar biz rangsiz suyuqlik
solingan shisha idish orqali fotoplastinkaga yorug'lik tushirib, unda ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuch hosil qilishimiz
mumkin. Agar bu rangsiz suyuqlik indikator vazifasini bajarsa va bu suyuqlik orqali koncona xonasidagi havo sinamasi o'tkazib
turilsa, unda havo tarkibi toza bo'lganda suyuqlikda hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Agar havo tarkibida zararli moddalar zichligi
oshaversa, shishadagi suyuqlik rangi o'zgara boshlaydi va bu bilan u orqali o'tayotgan yorug'lik xiralashadi, fotoplastinkada esa
hosil bo'layotgan elektr yurituvchi kuch kamaya boshlaydi va nihoyat xavfli vaziyat vujudga kelishi bilan suyuqlik rangi butunlay
o'zgaradi, elektr yurituvchi kuch juda kuchsizlanib, avtomatik ravishda shamollatish qurilmasini ishga tushirib yuboradi.
Bunday usullarni moddalar tarkibining o'zgarishi ularning issiqlik o'tkazishiga ta'siri, shuningdek, ionlar ta'sirida hosil
bo'ladigan toklarning o'zgarishi usulida bajarilgan saqlovchi qurilmalarning turlari mavjud.
Gaz bilan payvandlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan atsetilen hosil qilish generatorlarida portlash xavfini
oldini olishda ishlatiladigan alangani shlanglar orqali generatorga qaytishini bartaraf qiluvchi suvli zatvorlardan va qaytish
klapanlaridan foydalaniladi (39rasm).
Kompressor qurilmalari resiverlarida qisilgan havo miqdori ruxsat etilgan chegaradan ortib ketsa va bu portlash xavfini
tug'dirsa, unda havo qisilishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik ta'sirida ishlaydigan issiqlik relelaridan foydalanib, ortiqcha havoni
chiqarib yuborishga erishiladi. Mashinasozlik sanoati korxonalarida ishlatiladigan ko'pchilik stanoklarda detallarni mahkam ushlab
turish uchun qisilgan havodan keng foydalaniladi. Bunday quril-malarni mabodo biron bir ko'zda tutilgan vaziyat taqozosi bilan
(masalan, havo bilan ta'minlovchi shlanglarning yorilib ketishi va boshqalar) mahkam ushlab turilgan detalni qo'yib yubormaslik
chora-tadbirlarini ko'rish muhim hisoblanadi. Bunday hollarda qaytish klapanlari bilan ta'minlangan vositalar o'rnatiladi.
Elektromagnit yordamida detallarni mustahkamlash ishlarini bajarganda, shuningdek, elektromagnit kranlari yordamida
materiallarni bir yerdan ikkinchi yerga ko'chirishda, bunday elektromagnit plitalarini qo'shimcha elektr manbalari bilan ta'minlash,
asosiy elektr rnanbayi uzilib qolganda yuz berishi mumkin bo'lgan baxtsizliklarning oldini oladi.
70-rasm. Qaytish klapanlari.
Aylanuvchi qisrnlarga ega bo'lgan stanoklarni ishlatishda ularning xavfsizligini ta'minlovchi vosita sifatida to'xtatish
vositalari muhim o'rin tutadi. Stanok shpindelini o'z vaqtida to'xtatib qolish birinchidan, xavfsizlikni ta'minlasa, ikkinchidan, uni
to'xtashini kutish qimmatli vaqtnj yo'qotishga olib keladi. Bajaradigan vazifasiga ko'ra, to'xtatish vositalari — to'xtatuvchi,
sekinlashtiruvchi va tezlikni muvofiqlashtiruvchi turlarga bo'linadi. Tuzilish jihatidan — lentali, kolodkali, diskali va markazdan
qochma kuchga asoslangan bo'ladi. Bular bajariladigan vazifalari va tuzilishi jihatJaridan kelib chiqib, yuk ko'tarish kranlarida,
stanoklarning harakatlanish zonalarini chegaralashda, ba'zi bir ko'tarilgan yuklarni ma'lum balandlikda ushlab turishda, shuningdek,
ba'zi bir tushib ketishi odam hayoti uchun xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan lift kabinalarini tushirib yubormasdan ushlab qolishda
foydalaniladi. Bundan tashqari to'xtatish vositalaridan yuqoriga ko'tarilgan yuklarning barabanlarining teskari aylanib ketishi.
natijasida tushirib yubormaslikni ta'minlaydigan tirgak vositalaridan ham keng qo'llaniladi.
Stanoklarning yana saqlovchi qurilmasi sifatida ularda o'rnatilgan ba'zi bir xavfli vaziyatlarda stanokka yetkaziladigan
zararni kamaytirish maqsadida ulaiga kuchsizlantirilgan qismlar o'rnatiladi. Sunday kuchsizlantirilgan qismlar stanokda ro'y berishi
mumkin bo'lgan xavfli vaziyatni oldini olishda ishlatiladi. Masalan, stanokka berilayotgan kuch oshib ketsa, stanokda yuz berishi
mumkin bo'lgan sinib ketish yoki butunlay buzilib qolish hollari vujudga kelsa, unda bu kuchsizlantirilgan qism uzilib ketadi va
stanokka berilayotgan kuchlanish to'xtatiladi.
Bunday ktichsizlantirilgan qismlarga kesilib ketishga mo'ljallangan shtift va shponkalar, qo'shish muftalari, ishqalanishga
asoslangan sirg'anuvchi muftalar, elektr qurilmalarida erib ketuvchi saqlovchi qurilmalar, katta bosim ostida ishlaydigan
idishlardasitilib ketuvchi membranalar va boshqalar kiradi. Kuchsizlantirilgan qismlar asosan ikki turga bo'linadi: birinchisi
uzatilayotgan kuch muvofiqlashgandan keyin avtomatik ravishda (inson ishtirokisiz) ish bajarishni davom ettiradigan qurilmalar
(masalan, sirg'anuvchi muftalar) va ikkinchisi ishdan chiqqan kuchsizlantirilgan qismni almashtirish yo'li bilan ishlatiladigan turlari
mavjud, masalan, sitilib ketuvchi membrana, erib ketadigan saqlovchi qurilma va boshqalar.
|