Sex bo'ylab harakatlanishi mumkin bo'lgan kranlarning harakatlanish tezligi chegaralab qo'yiladi.
Agar kran yerdan turib
boshqariladigan bo'lsa, uning tezligi minutiga 50 m dan oshmasligi kerak. Agar kran yordamida stanoklarning aniqligi yuqori
bo'lgan yig'ish ishlari bajariladigan bo'lsa, ularni har tomonlama harakatlanshi mumkin bo'lgan kichik tezlikdagi harakat
moslamalari bo'lishi kerak.
Yuklarni minutiga 30 m dan yuqori tezlikda harakatlantirilayotgan kranlar qo'lda ishlatiladigan
yoki avtomatik ravishda
ishlaydigan to'xtatish qurilmalari bilan ta'minlanadi. Agar kran yerda o'rnatilgan po'lat izlarda harakatlanadigan bo'lsa, unda uning
harakatlanish tezligi qanday bo'lishidan qat'i nazar, to'xtatish qurilmasini o'rnatish zarur.
Yuk ko'tarish mashinalarini loyihalash va qurish, uni ishatish vaqtida kelib chiqadigan xavfli vaziyatlarni oldini olishga
qaratilgan maxsus qurilish elementlarini hisobga olish kerak.
Umuman kran bloklari tizimida ko'tarilgan yukni istagan balandlikda tushib ketmasligini ta'minlaydigan
bir tomongagina
harakatlanishni ta'minlaydigan tepkili g'ildiraklardan foydalaniladi.
Kranlar va elektrolitlar bilan ishlaganda yuklarni ruxsat etilgan chegaradan yuqoriga ko'tarish hollari bo'lishi mumkin. Bunda
yuk ko'tarish ilgaklari va bloklari kran fermasiga taqalishi natijasida ilgak va bloklarning sinishi, buzilib ketishi yoki uni tortayotgan
po'lat arqonning uzilib ketishi natijasida har xil baxtsiz hodisalar ro'y berishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida chegaralovchi
o'chirish vositalari o'rnatiladi. Bu o'chirish vositalari kranga kelayotgan elektr tokini yuk yuqori chegaraga yetishiga 200 mm
masofa qolganda o'chiradi, bu bilan kran yo'nalishdagi harakatini to'xtatib qarama-qarshi yoki boshqa yo'nalishda harakatlanishga
bu vosita xalaqit bermaydi.
Chegaralovchi o'chirgichlar, shuningdek, kranlarning izlarbo'ylab harakat yo'nalishlarini chegaralashda ham
foydalaniladi.
Bundan tashqari, kranlarda uning yuk ko’tarish miqdorini chegaralovchi qurilma ham o'rnatiladi. 72-rasmda shunday
qurilmaning chizmasi keltirilgan.