• Bajardi: Davronov Allayor Sanoatda xavfsizlik vositalari
  • 3. Muhofazalovchi tosiq vositalari 4. Saqlovchi muhofaza vositalar 5. Blokirovka qurilmalari 6. Signal tizimlari
  • O'zbekiston Respublikasi Andijon viloyati “Andijon Mashinasozlik institute Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fakulteti




    Download 367,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana11.06.2024
    Hajmi367,53 Kb.
    #262646
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mustaqil ish



    O'zbekiston Respublikasi Andijon viloyati 
    “Andijon Mashinasozlik institute Mehnat 
    muhofazasi va texnika xavfsizligi fakulteti 
     
    MUSTAQIL ISH 
    Mavzu:
    SANOATDA XAVFSIZLIK VOSITALARI
     
     
    Fan nomi: Mashina va Mexanizmlar xavsizligi 
    Guruh: S-82-21 
    Bajardi: Davronov Allayor 
     
     


    Sanoatda xavfsizlik vositalari 
     
     
    Reja: 
     
    1. Xavfsizlikni ta'minlovchi asosiy shartlar
    2. Mashinalarning xavfli zonalari
    3. Muhofazalovchi to'siq vositalari
    4. Saqlovchi muhofaza vositalar
    5. Blokirovka qurilmalari
     6. Signal tizimlari
    7. Yuk ko'tarish mashinalarida ishlaganda xavfsizlikni ta'minlash


    Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turlituman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko'tarish kranlari, 
    ish bajarish konveyerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu yerda ishlayotganlar uchun ma'lum xavf tug'dirishi, 
    agar ehtiyot choratadbirlarini belgilab qo'yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo'lishi hech gap emas. Bu mexanizmlarning ba'zi birlari 
    detallarni qirqish, ulaiga shakl berish ishlarini bajarsa, boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og'ir ishlarni yengillashtirish vazifalarini 
    bajaradi.
    Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni qirqishda ishlatiladigan stanoklarni ishlatganda sovituvchi 
    suyuqliklardan foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta'sirida bug'lanishi havo muhitini ifloslanishiga, shuningdek, havo namligini 
    oshib ketishiga olib keladi. Demak, sexda ishlayotgan har bir stanok baxtsiz hodisalarga olib kelishidan tashqari yana havo muhitini 
    ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi. Bundan tashqari detallarga ishlov berilgandan keyin hosil bo'ladigan 
    qirindilar va ularni yig'ib, chiqindisiz jarayonni tashkil qilish ishlari, bularning hammasi ish sharoitini yaxshilashning asosiy 
    omillari hisoblanadi.
    Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, mashinasozlik sanoati korxonalari ishchilarni baxtsiz hodisalarga olib 
    keladigan manbagina bo’lib qolmasdan, balki havo muhitini ifloslantirib, tevarakatrofda yashovchilar uchun ham ma'lum xavf
    tug'diradi.
    Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning birdan-bir yo'li 
    sanoat korxonalari sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og'ir ishlarni robot va avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga 
    yuklash, sexlardagi umumiy ishlarni avtomatlashtirishga erishishdir.
    Mexanizatsiyalashtirish hozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin bo'lgan jarayon bo'lib, birinchidan ishchilarni og'ir jismoniy 
    mehnatdan qutqaradi, bu esa o'z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish 
    imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda boshlang'ich xomashyoni ishlatish uchun uzluksiz uzatish ishlarini mexanizatsiyalashtirish 
    mehnatni muhofaza qilish nuqtayi nazaridan juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, eng ishchi uchun xavfli ish jarayonlarini, 


    masalan, temirchilikda bolg'alash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi. Radioaktiv 
    moddalar bilan bog'liq ish jarayonlarini robotlar bajarishini shart qilib qo'yish kerak.
    Zamonaviy texnologiyalarda ko'pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo'lgan ishlar, 
    masalan, eritilgan metallarni har xil qoliplarga quyish, yengil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash 
    ishlari, ularni moysizlantirib, bo'yashga tayyorlash ishlari, bo'yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan 
    ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlami robotlar bajaradi. Bundan tashqari, og'ir yuklarni ortish va tushirish ishlari 
    ham mexanizatsiyalashtirilgan.
    Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining 
    xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi. Bunday tizimlarni tayyorlash va o'rnatish ishlarida xavfsizlikni ta'minlash, 
    ularning tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlatilayotgan joylarga yaqin joylashgan uchastkalarda 
    ishlayotganlar uchun ham ma'lum xavf tug'diradi.
    Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan hamma xavfli vaziyatlarni hisobga olish va 
    xavfsizlikni ta'minlash vositalari bilan jihozlashni unutmaslik kerak.
    Mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi avtomatlashtirishdir. Bunda har qanday ishchi bajarishi zarur bo'lgan ish robotlar 
    zimmasiga yuklanadi. Sexda butunlay odam qatnashmaydigan bo'ladi. Sexni boshqarishni ta'minlovchi dasturlar tuzilib, bu 
    dasturlar kompyuterlarga joylashtiriladi. Bunday boshqarish tizimlari ko'pgina rivojlangan kapitalistik davlatlarning sanoat 
    korxonalari va mashinasozligining asosini tashkil qiladi. Ilg'or sanoat korxonalaridagi ba'zi bir sexlar bizda ham, shunday 
    avtomatlashtirish tizimiga o'tkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda butun mashinasozlik tarmog'ini avtomatlashtirish imkoniyati yo'q. 
    Shuning uchun ham avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash muhim vazifa bo'lganligi uchun 
    biz uning umumiy usullarini ko'rib chiqamiz.



    Download 367,53 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 367,53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston Respublikasi Andijon viloyati “Andijon Mashinasozlik institute Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi fakulteti

    Download 367,53 Kb.
    Pdf ko'rish