Shaxsiy muhofaza aslahalari o'z navbatida muhofazalash sharoitiga qarab muhofaza bosh kiyimlari, nafas olish organlarini
muhofazalovchi qurilmalar, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo'lni, yuzni, ko'zni, quloqni muhofaza qiluvchi vositalar,
yiqilib (balandlikda ishlayotganlar uchun) tushmaslikni ta'minlovchi va terini zararlanishdan saqlaydigan vositalaiga bo'linadi.
Mashinasozlik sanoatida qo'llaniladigan hamma muhofaza vositalari asosida, to'siq
vositalari, muhofazalash qurilmalari,
chegaralovchi va signal vositalari, blokirovka
tizimlari va shuningdek, mashina va mexanizmlarni masofadan turib boshqarish
vositalariga bo'lish mumkin. Bu vositalar o'z navbatida bir necha mayda sinflarga bo'linadi. Shuning uchun bularning har birini
alohida ko'rib o'tish maqsadga muvofiqdir.