Ba'zi bir avtomatlashtirilgan jarayonlarni boshqarish uchun o'rnatilgan yorug'lik signallari parallel ravishda joylashtirilgan
qo'shaloq lampalardan tashkil topadi. Unda ularning bittasi ishdan chiqsa, ikkinchisi ishlab turishi mumkin.
Amaliy signal vositalaridan ma'lum miqdordagi ish bajarilganligini yoki texnologik jarayonning ma'lum bosqichi
bajarilganligini bildiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Bunday vositalardan bajarilayotgan ishlarni
muvofiqlashtiruvchi tizim
sifatida ham foydalanish mumkin.
Ogohlantiruvchi signal yositalaii, biron bir xavfli vaziyat vujudga kelishidan ogohlantiradi. Bunday signallarga har
xil
plakatlar, ogohlantiruvchi yozuvlar, har xil datchiklarga
asoslangan signal tizimlari, mashina ishlash holatini ko'rsatuvchi
moslamalar (masalan, qizib ketishi, moylash tizimlarida moy borligi va boshqalar) kiradi. Bular
uchun maxsus ranglardagi
moslamalardan foydalaniladi. Bu moslama ranglari GOST 15548-70 bo'yicha chegaralangan.
Quyidagi tartibda signal ranglari belgilangan: qizil—tayin xavf, sariq—xavfli vaziyat oldidan ogohlantirish, yashil—xavf
yo'q. Tushuntirish xatlari ham ma'lum fondagi materiallarga yozilishi kerak. Masalan, oq yozuv-qizil va yashil fonga, qora-oq yoki
sariq fonga.
Qizil rang—umuman taqiqlovchi rang bo'lib, agar u biror bir avtomatlashtirilgan vositaga o'rnatilgan bo'lsa,
qizil lampa
yonishi odam aralashishi kerak bo'lgan holat paydo bo'lganini ko'rsatadi yoki bo'lmasa, bajarilayotgan jarayon to'xtab qolganidan
dalolat beradi. Qizil rangdan, shuningdek, mashina va mexanizmlarning boshqarish organlarini belgilashda, xavfli zonalarni to'siq
vositalari bilan o'rashda, yong'inga qarshi chora-tadbirlar belgilashda, xavfdan darak beradigan lampalar sifatida foydalaniladi.
Sariq rang—ogohlantiruvchi hisoblanadi. Bunda, masalan, mashina va
mexanizmlarni
avtomat
rejimiga
o'tishini
yoki mashina
va mexanizmlardagi ba'zi bir parametrlarni chegara nuqtaga yaqinlashib qolganini
kocrsatuvchi qurilmalarda, qurilishda xavfli zonalarni to'suvchi vositalarda va zararli moddalar solingan idishlarni belgilashda
qo'llaniladi.
Yashil rang—xabar beruvchi hisoblanadi.
Uni ruxsat etiladigan, masalan, mashinalarning ishga tayyorligini bildiradigan,
xavfli vaziyatlardan chiqish yo'llarini belgilovchi lampalar sifatidaqo'llash mumkin.