yechiladi. Buning uchun ajraluvchi yoki ochiluvchi qism oralig'iga, ochilganda yoki ajralganda o'chib qolishni ta'minlaydigan
knopka qo'yish kifoya. Agar biz biror ish bilan bu to'siqni olib ichkariga kirsak, baraban to'xtagan bo'ladi. To biz bu to'siqni yopib
qo'ygunimizga qadar bu barabanni harakatga keltirish imkoniyati yo'q.
Ishlash mohiyatiga asosan blokirovkalar mexanikaga asoslanib ishlaydigan, elektr toki ta'sirida harakatga keladigan,
fotoelektr tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan va bulardan ikkitasining qocshilmasidan tashkil topgan
turlari bor.
Mexanik blokirovka bu mashinani ishga tushirish qurilmasi bilan uning muhofaza qopqog'i orasidagi uzviy bog'lanishga
asoslangan bo'ladi, Elektr toki ta'sirida harakatga keladigan blokirovkalarni har qanday elektr sistemalarida
va mashinasozlik
texnologik jarayonlarida qo'llash imkoniyatlari mavjud. Masalan, har qanday to'siq qopqog'ini oxirgi o'chirish tizimi bilan
birlashtirilgan holati, agar qopqoq ochilganda yoki olib qo'yilganda oxirgi o'chirish tizimi tomonidan elektr motoriga kelayotgan
tokni o'chirib qo'yishga asoslangan. Agar qopqoq butunlay yopilmasa yoki noto'g'ri yopilsa, unda elektr motoriga tok o'tishi
ta'minlanmaydi va faqat to'g'rilab yopilgandagina tok o'tishi ta'minlanadi.
Fotoelektr xususiyatiga ko'ra ishlaydigan blokirovka tizimining ishlashi asosida yorug'lik nurining
elektr yurituvchi kuch
hosil qilishiga asoslangan. Masalan, ma'lum maydonda press qurilmasi ishlatilayapti deb faraz qilaylik. Albatta, press bosqoni
ishlaydigan joy bu mashinaning eng xavfli joyi hisoblanadi. Aytaylik press bosqoni o'rnatilgan tayanchlardan biriga ma'lum bir
quwat bilan nur oqimi hosil qiluvchi manba o'rnatilgan bo'lsin. Press bosqoni tayanchining ikkinchisiga xuddi shu nurni qabul qilib
olish uchun fotoelement ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuchi hosil qiladi.
Bu elektr yurituvchi kuch ma'lum kuchaytirgichlar orqali press bosqonini to'xtatish qurilmasiga ulab qo'yilgan bo'lsa, unda
o'sha tayanchlar orasiga tushib qolgan odam yoki uning ma'lum bir qismi nur oqimini to'sib soya hosil qilsa, unda fotoelementda
hosil bo'layotgan elektr yurituvchi kuch hosil bo'lmay qoladi va buning natijasida bosqon to'xtatish vositasi ishga tushadi va uni
juda tez muddatda to'xtatib qo'yadi. Xuddi shunday fotoelektr tizimida ishlaydigan muhofaza qurilmasining chizmasi 71-rasmda
keltirilgan.
Xavfli zona nur tarqatuvchi manba (1) bilan yoritilayapti va bu nur fotoelement (3) ga tushib turibdi. Hosil bo'layotgan elektr
yurituvchi kuch rele (7) orqali elektr tarmog'iga ulangan. Elektr tarmog'iga doimiy tok manbasi (8) orqali ulash qurilmasi (10) va
elektromagnit ulab qo'yilgan. Elektromagnit hosil qiluvchi g'altakning bir tomoni elektr tarmog'iga doimiy ulangan, ikkinchi tomoni
elektr tormog'iga rele orqali ulanadi. Mabodo odamning qo'li xavfli zona (2) ga tushib qolsa va fotoelementga soya solsa, unda rele
orqali elektr yurituvchi kuch o'tishi to'xtaydi va bu magnit g'altagining ikkinchi tomonini elektr tarmog'iga ulanishiga
olib keladi
va (9) g'altakdan tok o'tib magnit maydoni hosil qiladi va bu maydon (4) prujina kuchini yengib (11) temir tayoqchani tortib oladi
va uni (5) muftani ulanishiga xalaqit beradigan dastak (6) ning ostiga tirab, (12) dasta yordamida
pressni harakatga keltirish
imkoniyatini yo'qqa chiqaradi.
71-rasm. Fotoelektr tizimida ishlaydigan muhofazalovchi qurilma.
Izotoplardan foydalanib muhofaza qilish qurilmalari ham mavjud. Bunday vositalar yordamida stanoklarning qirqadigan
qismlarini, qayishli va zanjirli uzatmalarni, tishli g'ildiraklami qopqoqlarini jihozlash mumkin. Qopqoqlar olinishi bilan bunday
uzatmalarda harakat to'xtaydi va qopqoqni joyiga qo'ymaguncha uni harakatga keltirish imkoniyati yo'q.