|
Soket ma’lumotlar tuzilishi
|
bet | 132/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Soket ma’lumotlar tuzilishi
Soketni aniqlash uchun ma’lumotlar tuzilishining formati jarayonlar ishlatadigan tilga bog‘liq. Masalan, C tilida soket 7.6- rasmda ko‘rsatilgandek, beshta maydonli tuzilma (tuzilish yoki yozuv) sifatida aniqlanadi.
struct socket
{
int family; int type;
int protocol; socketaddr local; socketaddr remote;
};
Maydonlar
7.6- rasm. Soket ma’lumotlarining tuzilishi
E’tibor bering, dasturchi ushbu tuzilmani qayta aniqlamasligi kerak; u allaqachon aniqlangan. Dasturchi faqat ushbu ta’rifni o‘z ichiga olgan sarlavha faylidan foydalanishi kerak.
Keling, ushbu tuzilishda foydalaniladigan maydonlarni qisqacha ko‘rib o‘tamiz:
Oilasi (Family). Ushbu maydon protokol guruhini belgilaydi: IPv4, IPv6, UNIX domen protokollari va boshqalar. Biz TCP/IP da ishlatadigan oilasi (family) turi IPv4 protokoli uchun doimiy IF_INET va IPv6 protokoli uchun IF_INET6 tomonidan belgilanadi.
Turi (Type). Ushbu maydon soketning to‘rt turini belgilaydi: SOCK_STREAM (TCP uchun), SOCK_DGRAM (UDP uchun), SOCK_SEQPACKET (SCTP uchun) va SOCK_RAW (IP
xizmatlaridan bevosita foydalanadigan ilovalar uchun) 7.7-rasmda ko‘rsatilgan.
Protokol (Protocol). Ushbu maydon interfeysni ishlatadigan protokolni belgilaydi. TCP/IP protokoli to‘plami uchun 0 ga o‘rnatiladi.
Lokal soket manzili (Local socket address). Ushbu maydon mahalliy soket manzilini belgilaydi. Soket manzili IP manzil va port raqamining kombinatsiyasi hisoblanadi.
Masofadagi soket manzili (Remote socket address). Bu maydon masofadagi soket manzilni aniqlaydi.
7.7- rasm. Soket turlari
Tarmoq operatsion tizimlari va ularning asosiy tarmoq xizmatlari
E-mail arxitekturasi
Elektron pochta arxitekturasini tushunish uchun quyidagi to‘rt senariy ko‘rib o‘tiladi.
|
| |