|
Kompyuter tizimlarining kiritish/chiqarish qurilmalari
|
bet | 72/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Kompyuter tizimlarining kiritish/chiqarish qurilmalari
Kiritish/chiqarish amallarini bajaradigan tashqi qurilmalarni uch guruhga ajratish mumkin:
foydalanuvchi bilan ishlaydigan qurilmalar. Kompyuter bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Bu guruhga printerlar, displeylar, klaviaturalar, manipulyatorlar (sichqoncha, yo‘lakbol, joystik) va boshqalar kiradi;
kompyuter bilan ishlaydigan qurilmalar. Elektron qurilmalar bilan bog‘lanish uchun foydalaniladi. Ular qatoriga diskli qurilmalar va magnit tasmali qurilmalar, sensorlar, kontrollerlar, o‘zgartiruvchilar kiradi;
kommunikatsiyalar. Masofadagi qurilmalar bilan bog‘lanish uchun foydalaniladi. Bu guruhga raqamli liniyalarning modemlari va adapterlari kiradi. Ushbu qurilmalarni shuningdek, foydalanuvchi va
kompyuter bilan ishlaydigan qurilmalarning kombinatsiyasidan tashkil topgan qurilmalar deb ham ataladi.
Boshqa xususiyati bo‘yicha kiritish/chiqarish qurilmalarni blokli va belgili turlariga ajratish mumkin.
Blokli qurilmalar har birining o‘z manzili bo‘lgan, belgilangan uzinlikdagi bloklarda axborotni saqlovchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Blok hajmi odatda 512 dan 65536 baytgacha o‘zgaradi. Blokli qurilmaning muhim xususiyatlaridan biri, har bir blok qolgan bloklardan mustaqil o‘qish va yozish mumkinligidir. Eng keng tarqalgan blokli qurilmalar – bu qattiq disklar, Blu-ray disklari va USB flesh xotira.
Agar e’tibor bilan qaralsa qurilmalar o‘rtasida chegara blok bo‘yicha manzillanadi, va qurilma qa’tiy belgilanmagan to‘g‘ridan- to‘g‘ri manzillash mumkin bo‘lmagan alohida qurilmani ko‘rish mumkin. Disk blokli manzillash qurilmasiga asoslangan, chunki diskni o‘quvchi qurilma joriy holatiga bog‘liqlikdan tashqari har doim uni belgilangan silindrga o‘tkazish, so‘ng kerakli yo‘lakka alohida blokni yozish yoki o‘qish mumkin bo‘ladi. Magnitli tasma (magnitafon) - diskni zahira nusxalarini saqlash uchun ishlatiladi. Tasmada blok ketma-ketlikda saqlanadi. Agar magnitafon, bir nechta buyruqlarni o‘qishni buyursa, undan tasmani qaytadan o‘rash talab etiladi va jarayon hali beri yakunlovchi blokni berguncha ma’lumot o‘qish boshlanadi. Bu operatsiya diskda bloklarni izlashga o‘xshaydi, u sezilarli darajada katta vaqtni oladi.
Kiritish/chiqarish qurilmasini boshqa turi - bu belgili qurilma. Belgili qurilma hech qanday blokli tuzilishiz oqim belgili taqdim etiladi yoki qabul qilinadi. Belgili qurilma manzillanmaydi va izlash operatsiyasini bajarmaydi. Printer, tarmoq interfeysi (kartasi), sichqoncha va diskga o‘xshash bo‘lmagan boshqa qurilmalarni belgili qurilma sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Bunday sxemani toifalarga ajratib bo‘lmaydi. Ayrim qurilmalar hech bir toifaga mos kelmaydi. Masalan, soatlar blokli manzillashga kirmaydi. Shuningdek ular shakllanmaydi va belgili oqimlarni qabul qilmaydi. Ularning barchasida qa’tiy belgilangan vaqt momentida to‘xtalish sodir bo‘ladi. Blokli va belgili qurilmalarning barcha qismlari yetarlicha ko‘p narsalarni o‘z ichiga olgan va kiritish/chiqarish qurilmasidan mustaqil operatsion tizim dasturiy ta’minoti uchun asosiy ishlarni amalga oshirishga imkon beradigan
qulay vosita hisoblanadi. Fayl tizimi mavhum blokli qurilma bilan muloqot qiladi, qurilmaga bog‘liq qismi dasturiy ta’minotning past pog‘onasida - qurilma drayverida qoladi.
Kiritish/chiqarish qurilmasi ishlash tezligi oralig‘i juda keng. Turli sinflarga tegishli va har bir sinf doirasidagi kiritish/chiqarish qurilmalari o‘rtasida sezilarli darajada farqlanishlar mavjudligini ta’kidlash joiz.
Bu farqlanish ma’lumot uzatish tezliklari bilan qurilmaga xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashga imkon beradigan dasturni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Yildan yilga ko‘plab kiritish/chiqarish qurilmalari ishlash tezligi o‘sib bormoqda. Bu farqlanishlar quyidagi xarakteristikalarga taalluqli:
Ma’lumotlarni uzatish tezligi (bir nechta qatorga farqlanadi);
Qo‘llash. Qurilmani qo‘llab-quvvatlovchi har bir amal dasturiy ta’minot va operatsion tizimning algoritmiga ta’sir ko‘rsatadi (masalan, fayllar yoki virtual xotiraning sahifalarini saqlash uchun foydalaniladigan disk, turli dasturiy ta’minotni talab etadi);
4.1- jadval
|
| |