• 1. Telekommunikasiya tizimlari va signallar xaqida umumiy malumotlar.
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 198.21 Kb.
    bet1/4
    Sana27.12.2022
    Hajmi198.21 Kb.
    #37195
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Razzoqov Jasurning 2-Mustaqil ishi
    Веб дастурлашга кириш узб, Tizimlar va signallarni, Saparbaev Sherzod 2b MI, 21 Мустақил таълим инновацион (2), Apple Wine Processing with Different Nitrogen Cont, Kompazitsion materiallarga ishlov berish texnologiyasi, 2-lab, Test savollari va javoblari-fayllar.org, назорат (2), @uzbgmat, Excel dasturida matematik masalalar yechish, 1, Fizika 1- amaliy topshiriq, 9-MUSTAQIL ISH.205-guruh talabasi Eshboyev Asadbek

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

    “Axborot xavfsizligi” kafedrasi


    “Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fani

    2-Mustaqil ishi
    Mavzu: Axborot xabar va signallar haqida umumiy tushunchalar.

    Guruh: KIS101-19
    Bajardi :Razzoqov.J
    Tekshirdi: Jumaboyev.T

    SAMARQAND – 2023

    Mavzu: Axborot xabar va signallar haqida umumiy tushunchalar.
    Re’ja:

    1. Telekommunikasiya tizimlari va signallar xaqida umumiy ma'lumotlar.

    2. Axborot, xabar va signallar haqida umumiy tushunchalar.

    3. Signal va aloqa kanallarining parametrlari


    Hozirgi zamon telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqa qurilmalari murakkab radioelektron tizimlar sirasiga kiradi. Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanida telekommunikasiya qurilmalarida va tizimlaridagi asosiy funksional qurilmalar, ularning ishlash prinsipi va asosiy xarakteristikalari; aloqa kanallari orqali axborotlarni uzatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari o‘rganiladi.


    Tizimlar va signallarni qayta ishlash axborotlar, signallar bilan tanishtirish; signallarning asosiy turlari va asosiy xarakteristikalari; turli radiotexnik signallarni shakllantirish va ular radiotexnik qurilmalardan o‘tish jarayonlari va o‘zgarishlar (modulyatorlar, detektorlar, signallarni integrallash va differensiallash, signal chastotasini o‘zgartirish va h.k.) raqamli signallar; turli xildagi halaqitlarning matematik modellari; radioqurilmalar halaqitbardoshligi va axborot uzatish qobiliyati; halaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; analog va raqamli fil'trlash; turli modulyasiyalangan signallar halaqitbardoshligini solishtirish o‘rganiladi.
    Shunday qilib, tizimlar va signallarni qayta ishlash fani zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib beradi.
    Tizimlar va signallarni qayta ishlash nazariyasining rivojlanishida V.A. Kotelnikov, Klod Shenon, R.Xartli, X.Naykvist, A.I. Berg, D.V. Ageyev, A.Ya. Xinchin, A.N. Kolmogorov, N. Viner, A.Valdlarning hissalari katta. Ular uzluksiz signallarni diskret shaklda uzatish, axborot miqdorini aniqlashning logorifmik birligi, signallarni bir-biridan chiziqli ajratish nazariyasi, potensial xalaqitbardoshlik nazariyasi, axborot nazariyasi, aloqa tizimiga ehtimollik nazariyasining tadbiqi, signal va xalaqitlarga korrelyatsion ishlov berish asoslarini yaratishgan.
    Ushbu o‘quv qo‘llanma “5350100- Telekommunikasiya texnologiyalari (“Telekommunikasiyalar”, “Teleradioeshittirish”, Mobil' tizimlar)” va “5330500 - komp'yuter injiniringi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan.
    Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani nazariy fan bo‘lib, talabalarga telekommunikasiya va aloqa tizimlari: radioaloqa, televidenie, komp'yuter injiniringi, ko‘p kanalli uzatish tizimlari, radioeshittirish, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rsatib, amaliyotda yangi texnikani o‘rganishga yordam beradi.
    Tizimlar va signallarni qayta ishlash fanini o‘rganishdan maqsad turli radiosignallarni shakllantirish, radioqabul qilish, radiouzatish qurilmalari asosiy funksional qismlari, komp'yuter injiniringidagi fizik jarayonlar, ularni matematik modeli orqali tahlil etish, asosiy ko‘rsatgichlarini o‘lchash va tahlil etishdan iborat.
    Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani bakalavrlar tayyorlashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va zamonaviy aloqa qurilmalari va tizimlarining tahlili va sintezi masalalaridan chuqur bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
    Fanni o‘rganish davomida axborotlar, signallar va turli xalaqitlarni matematik tarzda tasvirlash signallarni shakllantirish usullari, ularning elektr zanjirlardan o‘tganda o‘zgarishi, analog va raqamli shaklda axborotlarni uzatish asoslari, aloqa qurilmalari xalaqitbardoshligi; aloqa tizimlari axborot uzatish qobiliyati; xalaqitbardosh kodlar; signallarni optimal qabul qilish; optimal fil'trlash; aloqa tizimidan samarador foydalanish usullari, uyali aloqa tizimi asoslari o‘rganiladi.
    Fanning vazifasi talabalarga tizimlar va signallarni qayta ishlash asoslari va uning kelajak rivoji haqida, zamonaviy komp'yuter injiniringi va telekommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularning ishlash jarayonini tahlil etishga, sifat va texnik ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga chora-tadbirlar ko‘rishga o‘rgatishdan iborat.
    O‘quv qo‘llanma kirish, 9 ta bob, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, fanning o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmaning oxirida glossariy keltirilgan bo‘lib, atamalarning rus va ingliz tilidagi tarjimasi ham berilgan.



    Download 198.21 Kb.
      1   2   3   4




    Download 198.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 198.21 Kb.