Pedagogik amaliyot yakuni bo’yicha umumiy
HISOBOT
Men Toshkent axborot texnologiyalari
unversiteti Samarqand filiali,
Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti,
Axborot
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi, IV bosqich 401-
guruh talabasi Alibekova Umida 30.05.2022 dan 18.06.2022 gacha bo‘lgan oraliqda
Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani 10-umumta’lim maktabida pedagogik amaliyotda
bo‘ldim. Bu vaqt davomida maktab rahbari va maktab jamoasi bilan tanishdim,
maktabning o‘quv moddiy jarayonini o‘rgandim.
Pedagogik amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar:
−
Mutaxassislik fani bo‘yicha fanning Davlat ta’lim shartlari bilan to‘la
tanishib chiqdim;
−
Mutaxassisligi bo‘yicha maktab namunaviy fan dasturini o‘rganib chiqdim;
−
Namunaviy fan dasturi asosida
ishchi fan dasturlarini tuzdim;
−
Ishchi fan dasturlari asosida mustaqil kalendar-tematik reja tuzdim;
−
Kalendar-tematik reja asosida sinf yoki guruh jurnallarini to’ldirishni
o‘rgandim;
−
O‘qituvchining yillik shaxsiy ish rejasini tuzishni o‘rgandim;
−
O‘qituvchining yillik ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy shaxsiy ish rejasini
tuzishni o‘rgandim;
−
O‘qituvchining yillik ota-onalar bilan ishlash rejasini tuzishni o‘rgandim;
−
O‘qituvchining yillik hisobotini yozishni o‘rgandim;
−
Maktab to‘garak ishi bilan tanishdim va o’rgandim;
−
Mustaqil ravishda 1 ta ma’naviy tadbir tashkil qildim;
−
1-2 darsning va tarbiyaviy tadbirning mustaqil
pedagogik-psixologik tahlil
qildim;
−
Sinf jamoasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganib chiqdim;
−
Guruhda pedagogik-psixologik iqlimni yaratdim;
−
Mustaqil dars o‘tish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan
foydalanishni va uni dars jarayonida qo’llashni o‘rgandim;
−
Amaliyot bo‘yicha hisobot tuzish va pedagogik
amaliyot davridagi
hujjatlarni rasmiylashtirdim.
−
Bundan tashqari maktabda sinf rahbarlari ishini, maktab o‘qituvchisining
o‘quv-tarbiyaviy ishlarini ishlarini o‘rgandim, darslarni kuzatdim.
−
Men biriktirilgan o‘qituvchining darslarini kuzatdim, metodlarini o‘rgandim.
−
Men 9-sinf o‘quvchilari bilan “Dasturlash tillari” mavzusida qo’shimcha dars
tashkillashtirdim.
−
Pedagogik amaliyotimni maktabda o’taganim bois bo’lajak pedagog sifatida
ham o’qituvchilik odobi, o’qituvchining muomilasi, o’qituvchilik kasbining
qonun-qoidalari bilan tanishib chiqdim.
Bundan tashqari hozirda joriy etilgan electron
kundalik platformasi bilan
tanishib chiqdim. Platformada biror fanga o’quvchilarni qo’shish, mavzulari kiritish,
davomat qilish, baholash tartibi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Xulosa
Pedagogik amaliyot haqida xulosam shuki, o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarni
amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun
yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 4 yil o‘qishning o‘zi kamlik
qiladi. Bo`lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o`quv jarayonini nazorat
qila olish. Bunda bizga eng kerakli sifatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi
hamda
psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi
fanlarni mukammal bilishni
taqazo etadi.