• Ta’lim strategiyasi
  • Mashg‘ulotlar shakli: laboratoriya (L)




    Download 61.44 Kb.
    bet4/6
    Sana06.10.2022
    Hajmi61.44 Kb.
    #26819
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    titul
    Muxandislik dasturlari 2022fan dasturi (2), 13. Informatika kasbiy, 2-маъруза, 3, autoref-razrabotka-i-issledovanie-modeli-funktsionirovaniya-globalnoi-seti-dlya-analiza-dinamiki-ras, Innovatsiyalarni loyihalashdan amaliy loyiha
    Mashg‘ulotlar shakli: laboratoriya (L)

    soat


    Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari. Sinflarni qo’llash. Sinflarning konstruktor va destruktorlari. Qayta yuklash va qayta aniqlash usullari. Do’stona va virtual funksiyalar.

    4


    STL komponentalar va konteynerlar bilan tanishish. Shablonlar standart kutubxonasining tuzilmasi. Iteratorlar bilan ishlash. Funksiyalarni amalga oshirish

    4


    Qidiruv algoritmlari:chiziqli va binar qidiruv.

    4


    Hesh funksiya va heshlash algoritmlarini tuzish

    4


    Saralashning qat’iy va yaxshilangan usullari va ularning qo’llanilishi.

    4


    Statik va dinamik massivlarni dasturda ifodalash. Chiziqli konteynerlar va ularni qo‘llash. Iteratorlar bilan ishlash.

    4


    Bog'langan ro'yxat. Bir va ikki bo’glamli ro'yxat bilan ishlash

    4


    Stek konteyneri. Stekning asosiy operatsiyalari. Stekni dasturda massiv va ro’yxat ko’rinishida ifodalash. Navbat. Navbatdagi asosiy operatsiyalar. Navbat tuzilmasini ro'yxatlar yordamida amalga oshirish

    4


    Rekursiya va uni dasturlashda ishlatish. Rekursiv va iterative algoritmlarni ishlatishga misol

    4


    Heap tree ko’rinishidagi daraxtlar va ularni tashkil qilish. Ustida amal bajarishga doir misollar

    4


    Qidiruv binar daraxtlarni tashkil qilish va ustida amal bajarishga doir misollar

    4


    Graf tushunchasi. Graflarni dasturlash tilida ifodalash usullari. Graf ko’ruvi.

    4


    Graflarda eng qisqa yo'lni aniqlash algoritmlari

    4


    Sinov turlarini o'rganish. Sinovni rejalashtirish. Modulli yoki iteratsion testlash ma’lumotlar to’plamini yaratish

    4


    Ma'lumotni tasvirlash modellarini o'rganish. UML modellashtirish tili bilan ishlash

    4




    Jami

    60

    Ta’lim strategiyasi

    “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” kursini o‘qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, videoma’ruzalar, taqdimotlar, hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’ruza, laboratoriya ishlariga oid o‘quv materiallarida ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar beriladi, laboratoriya ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash tartibi tushuntiriladi. Kurs bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, testlar, laboratoriya ishlari talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi.


    Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:



    • Elektron shakldagi ma’ruza matnlari;

    • Har bir mavzuga doir prezentasiya slaydlari;

    • Laboratoriya mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar;

    • Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari;

    • Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar.

    Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Talabalarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida, har bir mavzudan so‘ng test nazorati o‘tkaziladi. Talaba ushbu testlarni talab darajasida bajarsa, keyingi mavzuga o‘tishga ruxsat beriladi.
    Laboratoriya mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha masalalarni yechish bo‘yicha materiallar, prezentasiyalar, ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. Ushbu kursning har bir bo‘limi bo‘yicha talabalarga “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatmalar”da keltirilgan masalalarni mustaqil ishlash talab etiladi. Masalalar to‘g‘ri ishlansa keyingi mavzuga o‘tiladi.
    Ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida universitetga kelib, yakuniy nazorat topshiradi.



    Download 61.44 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 61.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashg‘ulotlar shakli: laboratoriya (L)

    Download 61.44 Kb.