O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi




Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/80
Sana17.11.2023
Hajmi6,45 Mb.
#100610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Optik aloqa tizimlari
MARJONAXON RAYIMOVA, Abduvali slayd skenirlash, Atom rus, 03-83-сонли буйрук 506-сонли буйрук асосида, Чора тадбир ИТ парк, chek, Акбар Ўрозалиев 1890 йил Андижон шаҳрининг Қорабура маҳалласида туғилган, Реабилитация, ada, 3-4 shakl Kozimov Akbarjon, 4 adabiyotlar taxlili oxirgisi 111, 01.03.2023 й. ПП ЯДАК вариант, Ibrohimova Mohichehra, Abdullayeva Mahliyo, Soxta oyoqlilar
D
d

). 
3.1. Ko‘p modali (olov rangli himoya qobig‘ili) optik tola kirish 
kesimining joyini chiziqli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi yustirovka 
qurilmasi YQ1 tuguniga mahkamlanadi (1.15-rasm). Buning uchun 
quyidagilar bajariladi: 
3.1.1. Joyni chiziqli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi mikrometrik 
vint CHB1 yordamida tugunning joyini chapga oxirgi holatga o‘zgartirish. 
3.1.2. 2 - va 3-platalardagi tirqishlar orqali optik tolani o‘tkazish. 
3.1.3. Konnektorning qayd etish vintini burab, optik tolaning FC 
konnektorini opravka 10 ga mahkamlash.
3.2. Joyni burchakli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi yustirovka 
qurilmasi YQ2 (1.15-rasm) tuguniga optik tolaning chiqish kesimini 
mahkamlash. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi: 
3.2.1. Joyni chiziqli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi mikrometrik 
vint CHB1 yordamida tugunning joyini chapga oxirigacha o‘zgartirish. 
3.2.2. FV2 qayd etuvchi vintni (1.15-rasm) burash va yechiladigan 
opravka 12 ni ajratish. 
3.2.3. 5, 6, 7-halqalardagi va 11-silindrdagi tirqishlar orqali optik 
tolani o‘tkazish. 
3.2.4. Konnektorning qayd etuvchi vintini burab, opravka 12 dagi 
optik tolaning FC konnektorini mahkamlash; 
3.2.5. Ehtiyotlik bilan optik tolaning keskin bukilishiga yo‘l 
qo‘ymasdan, opravka 12 ni o‘rnatiladigan joyiga qo‘yish va uni FV2 qayd 
etuvchi vint yordamida mahkamlash. 
3.3. O‘rnatish uchun quyidagi ishlar bajariladi: 
- NMETB ning old panelidagi (1.12-rasm) damlash tokini sozlovchi 


10 
potensiometr ruchkasini soat strelkasiga teskari yo‘nalishda eng oxirgi 
holatga o‘rnating; 
- damlash tokining o‘zgarish chegarasini almashlab ulash 
tugmachasini
50 mA holatiga o‘rnatish; 
- bog‘lovchi kabel yordamida LD yoki YD ni (1.11-rasm) NMETB 
ga ulash. Ulash blok qismining old panelida joylashgan PS4TV
ajraladigan ulagich yordamida amalga oshiriladi; 
- opravka 8 ga tanlangan optik manbani mahkamlash (1.15-rasm). 
3.4. NMETB blokining old panelidagi “ TARMOQ” tumblerini 
yoqish. Bunda u yonadi. Potensiometr yordamida LD damlash tokining 
I
d
=20 mA qiymatini o‘rnatish. Damlash tokining nazorati old paneldagi 
strelkali asbob bo‘yicha amalga oshiriladi. 
3.5. Monitorning old panelidagi tugmachali almashlab/ulagichni 
bosib, M monitor va TK telekameraning (1.11-rasm) ta’ minotini yoqish. 
Bunda u qizib bo‘lgandan so‘ng monitor ekrani kuchsiz yorishadi. 
3.6. Optik tolaning chiqish kesimi telekameraning qarshisida 
joylashgan. Ikkala element ikkinchi yustirovka qurilmasi YQ2 ga 
mahkamlangan (1.15-rasm). BV2 va BG2 mikrometrik vintlar yordamida 
telekameraga nisbatan optik tola kesimining burchak bo‘yicha holatini 
o‘zgartirib va CHK2 hamda CHV2 mikrometrik vintlar yordamida 
telekamera joyini ikki ko‘ndalang yo‘nalishlarda o‘zgartirib, monitor 
ekranida optik tola kesimining tasvirini hosil bo‘lishiga erishish mumkin. 
3.7. Ushbu eksperimentda tadqiq etilayotgan lazer diodi joyi 
burchak bo‘yicha o‘zgartirishni amalga oshiruvchi yustirovka qurilmasi 
YQ1 tugunida joylashgan (1.15-rasm). Uning nurlanishini shu yustirovka 
qurilmasida (joyni chiziqli o‘zgartirishni amalga oshiruvchi tugunda) 
joylashgan optik tolaning kirish kesimiga tushishiga erishish kerak. BV1 
va BG1 mikrometrik vintlar yordamida OT kesimiga nisbatan LD ning 
burchak bo‘yicha holatini o‘zgartirib va CHK2 hamda CHV2 mikrometrik 
vintlar yordamida LD ga nisbatan optik tolaning kirish kesimli 
opravkaning joyini ikki ko‘ndalang yo‘nalishlarda o‘zgartirib, optik tola 
kesimining chiqishida yorug‘lik dog‘ining hosil bo‘lishiga erishish 
mumkin, bu dog‘ monitor ekranida kuzatiladi. Manbaning va optik tola 
kirish kesimining holatini sozlashni ketma–ket yaqinlashtirish usulida olib 
borib kuzatiladigan dog‘ning maksimal aniqligiga erishiladi. 
Agarda monitor ekranida tasvirning o‘ta kontrastligi kuzatilsa, 
qutblantirgichni LD ga burib, quvvat sathini kamaytiriladi. 
3.8. Ossilograf manbaini ulash. Uning boshqaruv elementlarini 


11 
shunday holatga o‘rnatish kerakki, bunda uning ekranidagi оssillogramma 
monitor ekranida kuzatiladigan video signalning qatorlaridan biriga mos 
kelsin. 
3.9. CHB2 mikrometrik vintlar yordamida telekameraning joyini 
shunday holatga o‘zgartirish kerakki, monitorda kuzatiladigan 
yorishayotgan dog‘ ekranning taxminan yarmini egallasin. 
3.10. Ossilografning razvertka rejimi boshqaruv elementlarini 
qo‘llab, uning ekranida 1.2-rasmga mos keluvchi ossilogrammaning hosil 
bo‘lishiga erishish. R razvertka davomiyligini (del/mksek) pog‘onali 
sozlovchi almashlab ulagichning holatini va T-kichik impulslar orasidagi 
masofani belgilab qo‘yish (1.2-rasm). O‘lchov ma’lumotlarini 1.1-jadvalga 
kiritish. 
3.11. “ ↑” “ ↓” tugmalar yordamida monitor ekranidagi tasvir bo‘yicha 
ajratilgan qator joyini pastga yoki yuqoriga o‘zgartirish amalga oshiriladi 
va yorishayotgan dog‘ga mos keluvchi impulsning maksimal kengligiga 
erishiladi. Bu bilan yorug‘lik dog‘ining markaziga to‘ g‘ri keluvchi qatorni 
ajratish ta’ minlanadi. O‘lchov aniqligini oshirish uchun razvertka 
davomiyligini del/mksek pog‘onali sozlovchi almashlab ulagich 
yordamida razvertka davrini kamaytirish kerak. Uning yangi holati R
0
ni 
belgilab qo‘yish. 
3.12. BV2 va BG2 mikrometrik vintlar yordamida telekameraga 
nisbatan optik tola kesimining burchakli holatini o‘zgartirib, monitor 
ekranidagi dog‘ o‘lchamini va ossillogrammada unga mos keluvchi impuls 
o‘lchamini kamaytirishga harakat qilish. Bu bilan optik tola kesimi 
joylashgan yuza va obyektiv fokal yuzasining parallelligiga erishish 
ta’ minlanadi. Shundan keyin ajratilgan qator holati korreksiyalanadi va 11- 
punktda ta’riflangan ishlar takrorlanadi. 
3.13. CHK2 va CHV2 mikrometrik vintlar yordamida optik tola 
kesimiga nisbatan telekamera joyini ko‘ndalang yo‘nalishlarda o‘zgartirib, 
dog‘ o‘lchamini kamaytirishga harakat qilish. Bu bilan optik tola 
kesimining holatini optik o‘q O ga nisbatan (1.2-rasm) moslashtirishni 
ta’ minlash. 
Shundan so‘ng 11-punktda qayd etilgan, ishlarni takrorlab, ajratilgan 
qator holatini korreksiyalash. Razvertka davomiyligini (del/mksek) – 
pog‘onali sozlovchi almashlab ulagichning oxirgi yakuniy holati R
0
ni va 
ossillogrammada kuzatiladigan impulsning mos keluvchi kengligi t
0
va T
0
larni belgilab qo‘yish. O‘lchov ma’lumotlarini 1.1-jadvalga kiritish.


12 
1.1-jadval 
Optik tolaning sonli aperturasini o‘lchash
t

(del) 
t
0
t
1
t
n
R

Download 6,45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish