• SO‘Z BOSHI
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/80
    Sana17.11.2023
    Hajmi6,45 Mb.
    #100610
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
    Bog'liq
    Optik aloqa tizimlari
    MARJONAXON RAYIMOVA, Abduvali slayd skenirlash, Atom rus, 03-83-сонли буйрук 506-сонли буйрук асосида, Чора тадбир ИТ парк, chek, Акбар Ўрозалиев 1890 йил Андижон шаҳрининг Қорабура маҳалласида туғилган, Реабилитация, ada, 3-4 shakl Kozimov Akbarjon, 4 adabiyotlar taxlili oxirgisi 111, 01.03.2023 й. ПП ЯДАК вариант, Ibrohimova Mohichehra, Abdullayeva Mahliyo, Soxta oyoqlilar
     
    TATU ilmiy - uslubiy kengashi qaroriga asosan chop etildi (2017-yil 21-fevral,
    5 (96) – sonli bayonnoma). 
    ISBN 978-9943-326-90-3 
    ©«Aloqachi» nashiryoti, 2017. 



    SO‘Z BOSHI
     
     
    Ushbu laboratoriya ishlari to‘plami o‘zining bir qator o‘ziga xos 
    xususiyatlari – o‘ tkazish polasasining kengligi, halaqitga bardoshliligi, 
    o‘lchamlarining ixchamligi, yengilligi, nisbatan arzonligi va boshqa 
    afzalliklari tufayli telefoniya, kabel televideniyasi, havo va suv osti 
    kemalarining bort aloqasini tashkil etishda, lokal va abonentga ulanish 
    tarmoqlarida, texnologik jarayonlarni boshqarishda tobora keng qo‘llanish 
    topayotgan tolali optik aloqa tizimlarining aktiv va passiv elementlarini 
    tajriba yo‘li bilan o‘rganishga qaratilgan laboratoriya ishlarini bajarishga 
    bag‘ishlangan. 
    Unda umumiy hajmi 36 soatlik laboratoriya mashg‘ulotlari chog‘ida 
    bajariladigan quyidagi laboratoriya ishlarining maqsad va vazifalari, ularni 
    bajarishda qo‘llaniladigan qurilmalarning tavsiflari, laboratoriya ishlarini 
    bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar keltirilgan: 
    1- laboratoriya ishi. Optik tolalar. Optik tolalarning turlari va 
    xarakteristikalari. Optik tolalarning geometrik va fizik parametrlari. Optik 
    tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash; 
    2- laboratoriya ishi. Yorug‘lik diodi va lazer diodining vatt-amper 
    xarakteris-tikalarini qiyosiy o‘rganish; 
    3- laboratoriya ishi. Fotoqabul qilgichning volt-amper va spektral 
    xarakteristi-kalarini tadqiq etish; 
    4- laboratoriya ishi. Lazer diod nurlanishining impulsli modulyatsiya 
    jarayoni-ni tadqiq etish;
    5- laboratoriya ishi. Lazer diod nurlanishining analog modulyatsiya 
    jarayonini tadqiq etish; 
    6- laboratoriya ishi. Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsipini 
    o‘rganish (STM-1 uzatish tizimi asosida); 
    7- laboratoriya ishi. Raqamli tolali-optik uzatish tizimlarining liniya 
    kodlarini tadqiq etish; 
    8- laboratoriya ishi. Optik regeneratorlarni o‘rganish va tekshirish; 
    9- laboratoriya ishi. Optik kuchaytirgichlarning xarakteristika va 
    parametrlarini tadqiq etish; 
    10- laboratoriya ishi. Real optik aloqa liniyasi qabul qilish punktida 
    signal shaklini modellashtirish; 
    11- 
    laboratoriya 
    ishi. 
    Ajraladigan 
    optik 
    ulagichlarning 
    xarakteristikasini tadqiq etish; 
    12- laboratoriya ishi. Optik attenyuatorlarning xarakteristikasini 



    tadqiq etish; 
    13- laboratoriya ishi. Optik tolaning bukilishi tufayli sodir 
    bo‘ladigan so‘nish solishtirma koeffitsiyentining uning bukilish radiusiga 
    bog‘liqligini tadqiq etish.
    Ushbu laboratoriya ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan zamonaviy 
    uskunalar, tadqiq etiladigan aktiv va passiv optik elementlar, optik aloqa 
    tizimlari bilan tanishish, laboratoriya ishlarini bajarish va ularning 
    natijalari bo‘yicha tegishli hisoblashlar va tahliliy ishlarni bajarish, 
    talabalarga ajratilgan soatlar davomida «Optik aloqa tizimlari» fani 
    bo‘yicha yetarli darajadagi ko‘nikma va uquvlarni shakllantirish imkonini 
    beradi. Har bir laboratoriya ishini bajarishdan avval keltirilgan qisqacha 
    nazariy ma’lumotlar laboratoriya ishlarini samarali yakunlashga yordam 
    beradi degan umiddamiz. 
    Mualliflar.

    Download 6,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish