299
ishlaydigan marshrutizator yoki shlyuzdan) tashkil topgan ximoya to’sig’i
hisoblanadi.
Tizim ma’muri – tizimni ekspluatatsiyasiga va uning ishga layoqatlik
holatini ta’minlashga javobgar shaxs.
Tizim xavfsizligi - tizim resurslaridan va funksional imkoniyatlaridan
ruxsatsiz foydalanishdan hamda ishlashida turli bashorat qilinadigan yoki
qilinmaydigan holatlar sabab bo’luvchi, bo’lishi mumkin bo’lgan buzilishlardan
tizimning himoyalanishi.
Virus – boshqa dasturlar bajarilayotganida o’zini ularga kirituvchi unchalik
katta bo’lmagan dastur; yana - nusxalarini beixtiyor yaratish va keyinchalik yangi
nusxasini nazoratlash va qayta yaratishga erishish maqsadida fayllardagi va tizimli
sohalardagi boshqa dasturlarni modifikatsiyalash imkoniyatiga ega dastur.
Virusga qarshi himoya - hisoblash texnikasi va avtomatlashtirilgan tizim
vositalarini dasturiy virus ta’siridan himoyalashni ta’minlashda ishlatiluvchi
tashkiliy, xuquqiy, texnik va texnologik choralar kompleksi.
Xabar haqiqiyligi kodi - bir-biriga ishonuvchi ishtirokchilar tomonidan
xabarlarni autentifikatsiyalash protokollarida xabarga qo’shiladigan va uning
yaxlitligini va ma’lumotlar manbaining autentifikatsiyasini ta’minlashga
mo’ljallangan simvollarning maxsus nabori.