296
Kiberxavfsizlik
–
kiberfazoning kiberhujumlardan foydalanishidan
qo’riqlash yoki himoyalash imkoniyati.
Koder (dasturchi) - internet-firibgarlik texnologiyalari bilan shug’ullanuvchi
uyushgan jinoiy guruh
ichidagi ixtisosliklardan biri; troyan va boshqa zarar
yetkazuvchi dasturlarni yozuvchi va ularni yopiq anjumanlarda “o’ziga
o’xshashlarga” sotuvchi ishtirokchini belgilaydi.
Kodlar kitobi – tarkibida tartibga solingan ochiq
matn va kodlar ekvivalenti
yoki so’zlarni almashtirish texnologiyasidan foydalanuvchi mashina shifrlash usuli
bo’lgan hujjat.
Kodlar lug’ati – kod tizimida kod ekvivalenti berilgan ochiq matn so’zlari,
raqamlari, iboralari yoki gaplar nabori.
Kompyuter xavfsizligi – axborot tizimlari
aktivlarining, jumladan apparat
vositalarining, dasturiy ta’minotning, o’rnatilgan
mikrodasturiy vositaning va
ishlanuvchi, saqlanuvchi va uzatiluvchi axborotning konfidensialligini, yaxlitligini
va foydalanuvchanligini kafolatlovchi choralar va nazoratlash vositalari.
Konfidensial axborot – egasi tomonidan himoyalashni talab etuvchi tijoriy
yoki shaxsiy sirdan iborat axborot.
Kriptografik algoritm – kriptografik funksiyalardan
birini hisoblashni
amalga oshiruvchi algoritm.
Lug’atga asoslangan hujum – ochiq matn elementlari lug’atidan
foydalanishga asoslangan kriptotizimga hujum.
Ma’lumotlar – odam ishtiroki bilan yoki avtomatik tarzda uzatishga,
izohlashga yoki ishlashga yaroqli, formallashgan ko’rinishda ifodalangan axborot.