297
Mantiqiy bomba – “qurbon” kompyuterida rezident joylashgan va ma’lum
mantiqiy shart bo’yicha, masalan, ma’lum sanada yoki tizimning ma’lum xolatlari
naborida, faollashuvchi destruktiv dasturiy komplekslarni umumlashtiruvchi atama.
Mualliflik huquqi – fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va foydalanish
bilan bog’liq vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar
majmui.
Nuqson - axborot tizimidagi
topshiriq, adashish yoki etiborsizlik asosidagi
xato bo’lib, himoya mexanizmlarini aylanib o’tishga imkon beradi.
Ochiq axborot – barcha manfaatdor shaxslarning foydalanishlari bo’yicha
cheklash bo’lmagan axborot: umumfoydalanuvchi axborot.
Ochiq kalit - odatda imzoni tekshirish yoki ma’lumotni shifrlashda
foydalaniluvchi asimetrik kalit juftining ochiq qismi.
Parol yordamida himoyalash – foydalanish uchun parol kiritilishi zarur
bo’lgan ma’lumotlarni himoyalash usuli.
Parollarni fosh qiluvchi - parollarni saralash yoki o’g’rilashni
amalga
oshiruvchi kompyuter dasturi.
Parolni buzib ochish - axborot tizimidan (tarmog’idan) yashirincha
foydalanish texnikasi (usuli) bo’lib, unda hujum qiluvchi taraf parollarni fosh
qiluvchi yordamida parollarni aniqlashga (tanlashga) yoki o’g’irlashga urinib
ko’radi.
Passiv hujum – kriptotizmga yoki kriptografik protokolga hujum bo’lib,
bunda dushman va/yoki buzg’unchi uzatiluvchi shifrlangan
axborotni kuzatadi va
ishlatadi, ammo qonuniy foydalanuvchilar harakatiga ta’sir etmaydi.