298
algoritm). Algoritm ishining natijasi raqamli imzo hisoblanadi. Raqamli imzo
sxemasining ba’zi turlarida imzoni shakllantirishda protokol ishlatiladi.
Risk matritsasi - rutbalash va oqibatlariga va imkoniyatlariga rutbalar berish
yo’li bilan riskni ifodalash instrumenti.
Risk menejmenti — axborot-telekommunikatsiya texnologiya resurslariga
ta’sir etishi mumkin bo’lgan xavfli xodisalar oqibatlarini
identifikatsiyalashning,
nazoratlashning, bartaraf etishning yoki kamaytirishning to’liq jarayoni.
Riskni nazoratlash - riskni modifikatsiyalovchi (o’zgartiruvchi) chora.
1-
izoh. Riskni nazoratlash o’z ichiga har qanday jarayonni, siyosatni, usulni,
amaliyotni va riskni modifikasiyalovchi boshqa harakatlarni olishi mumkin.
2-izoh.
Riskni nazoratlash doimo istalgan va kutilgan effektni bermasligi mumkin.
RSA shifrlash algoritmi – 1978 yili R. Rayvest, A Shamir va L.Adleman
tomonidan taklif etilgan va asimetrik shifr tizimlarini qurishga mo’ljallangan
shifrlash algoritmi.
Shaxsiy axborot – tarqalishi faqat mos shaxslar yoki tashkilotlar ruxsati bilan
mumkin bo’lgan mamlakat fuqarolari yoki tashkilotlari
manfaatlariga daxldor
axborot.
Shifrlash algoritmi - shifrlash funksiyasini amalga oshiruvchi kriptografik
algoritm. Blokli shifrtizim holida shifrlashning muayyan
rejimida shifrlashning
bazaviy blokli algoritmidan foydalanib hosil qilinadi.