• Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi axborot manbai sifatida
  • -jadval Transaksiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/101
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #255953
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101
    Bog'liq
    institutsional iqtisodiyot 1 1 1

    7.3-jadval
    Transaksiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti
    Transaksiya
    xarajatlarining xili
    Unitar korxona
    Xolding
    Multidivizional
    tuzilma
    Axborotni qidirish
    1
    3
    2
    Muzokaralar olib
    borish
    1
    3
    2
    O`lchash
    1
    2
    1
    Shartnoma tuzish
    1
    2
    3
    Monitoring
    3
    1
    2
    Mulkchilik
    huquqlarini
    himoyalash
    -
    -
    -
    Uchinchi
    shaxslardan
    himoyalash
    -
    -
    -
    Jami
    7 (min)
    11 (max)
    10
    Demak, unitar korxona transaksiya xarajatlarining eng past umumiy miqdori
    bilan tavsiflanadi. Biroq amalda tarmoq bozoridagi muayyan vaziyat hisobga
    olinishi lozim. Masalan, sarmoya bozori va fond bozorining rivojlanmaganligi
    sarmoyaning tarmoqlararo oqimini ta’minlash uchun xoldingning jozibadorligini,
    sarmoyaning tarmoq ichida oqimini ta’minlash uchun esa multidivizional
    tuzilmaning jozibadorligini oshiradi. Bundan tashqari, bitimning xususiyatiga
    qarab har bir parametrga (0 dan 1 gacha) alohida ulush berish zarur. Axborotni
    qidirib topish xarajatlarining nisbati emas, balki aynan monitoring xarajatlarining
    nisbati hal qiluvchi bo`lishi mumkin.


    84
    Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi
    axborot manbai sifatida
    Ekspert baholaridan tashqari, transaksiya xarajatlarining nisbiy miqdori va
    tashkiliy tuzilmaning optimallik darajasi haqidagi axborot manbai bo`lib
    buxgalteriya hisobotlarining, birinchi galda balans hamda foyda va zararlar
    haqidagi hisobot (daromadlar haqidagi hisobot)ning ma’lumotlari xizmat qilishi
    mumkin. Balansdan foydalanishning bunday yo`nalishi asosan firmaning kreditga
    layoqatliligini imkoniyatli kreditorlar nuqtai nazaridan baholashga qaratilgan
    moliyaviy tahlilning oddiy texnologiyasidan farq qiladi.
    Institutsional
    tahlil uchun
    biz taklif etayotgan balansdan foydalanish metodologiyasi, albatta, to`liq emas,
    shuning uchun unga nisbatan mutlaq aniq va to`la-to`kis xususiyatga da’vogarlik
    qilmaydigan xomaki variant singari munosabatda bo`lish lozim.
    Buxgalteriya hisobotining institutsional tahlilidagi dastlabki nuqta sifatida
    biz daromadlar haqidagi hisobot asosida aniqlanadigan firma mahsulotini sotish
    narxining tarkibi «axborotning uchta xilini: tashkilotning ichki tafsilotlari haqidagi,
    bozordagi raqobat darajasi haqidagi va firma strategiyasi haqidagi axborotni sintez
    qiladi», degan tezicni qabul qilamiz. Haqiqatdan ham, tannarx tarkibi nafaqat
    ishlab chiqarish va texnologik xarajatlarni, balki tashkilot
    ichida
    yuzaga keladigan
    transaksiya xarajatlarini ham aks ettiradi. Ikkinchi tomondan, daromadlar tarkibi
    firma faoliyat ko`rsatadigan
    tashqi muhit
    haqidagi: talabning holati va dinamikasi,
    raqobatchilar tovarlarining narxi va sifati, raqib firmalarning savdo tajovuzkorligi
    darajasi, mazkur sektorda transaksiya xarajatlarining miqdori haqidagi axborotni
    ham o`zida mujassam etadi.
    Alohida firmaning buxgalteriya hisobotida mujassamlangan axborot o`z
    o`zicha kam ma’lumot beradi: institutsional tahlil uni tarmoq bo`yicha yoki
    shunday o`lchamdagi firmalar guruhlari bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichlar bilan
    taqqoslashni talab qiladi, chunki gap transaksiya xarajatlarini mutlaq emas, balki
    nisbiy ifodada o`lchash haqida borayapti. Masalan, Yaponiyada har yili 865 ta
    yirik firmaning o`rtacha holatga keltirilgan balansi ko`rsatkichlari hisoblab
    chiqiladi (NEEDS – Nikkei Economic Electronic Data System). Aynan o`rtacha
    holatga keltirilgan balans ma’lumotlari asosida M.Aoki to`plangan chiqarish
    nafaqalari miqdori firma tomonidan xodimning firma uchun o`ziga xos
    ko`nikmalar va bilimlarga ega bo`lishi uchun sarflanadigan sa’y-harakatlarga
    to`g`ri proporsional degan farazdan kelib chiqib, j firmada inson sarmoyasi o`ziga
    xosligining miqdorini baholashga urindi. Bunday ehtimollikni Yaponiya
    firmalarida chiqarish nafaqalarini shakllantirish tartibotini tahlil qilish orqali qabul
    qilish mumkin. Har bir yangi xodimning kelishi bilan uning nomiga maxsus
    hisobvaraq ochiladi, undagi mablag`lar summasi ish stajining ortishi va ichki
    iyerarxiya eshelonlar bo`yicha harakatlanishga qarab oshadi. Chiqish nafaqasi
    pensiyaga ketishida yoki muddatidan oldin ishdan bo`shaganida, to`lanadi
    (ikkinchi holatda xodim katta yo`qotishlarga duch keladi), bu uni firma tomonidan
    to`lanadigan yakka pensiyaga yaqinlashtiradi. M.Aoki firmada inson kapitali
    o`ziga xosligining darajasini to`plangan chiqish nafaqalari summasining firmaning
    umumiy sarmoyasiga nisbati sifatida hisoblab chiqiladigan indeks yordamida


    85
    aniqladi. Agar muayyan firma uchun hisoblab chiqilgan bunday indeks
    o`rtachalashtirilgan balans ma’lumotlari bo`yicha hisoblab chiqilgan indeksdan
    ortiq bo`lsa, u holda firmada inson sarmoyasi o`ziga xosligining darajasi
    nisbatan
    yuqori, va aksincha.
    NEEDS analogi har bir mamlakatda ham hisoblab chiqilavermasligiga
    qaramay, istalgan yirik konsalting yoki auditorlik firmasining ma’lumotlar bazasi
    taqqoslash uchun zarur bo`lgan axborotni o`zida mujassam etgan. Endi
    tashkilotning ichki tuzilishi va uning bozor strategiyasi haqida xulosa chiqarish
    imkonini beruvchi indekslarning yig`indisini batafsil ko`rib chiqamiz. Dastlab
    balansning umumiy tarkibini va GAAP standartidagi daromadlar haqidagi
    hisobotni yodga olamiz (10.4-jadval).
    Aktiv va passiv alohida moddalarining tahlili tashkilotda huquqlarning real
    taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo`lish imkonini beradi, u, biz shunga amin
    bo`ldikki, rasmiy, ta’sis hujjatlari va aksiyadorlar reestrida qayd etilgan
    taqsimlashga hamma vaqt ham mos kelmaydi.
    «Xodimlarga ish haqi bo`yicha qarzdorlik»
    I
    1
    1
    q
    «Jami joriy operatsion majburiyatlar»
    I
    1
    1
    indeks korxona xodimlarining qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta’siri
    darajasini aks ettiradi. Banklar, davlat va o`zaro bog`liq korxonalar oldidagi qisqa
    muddatli qarzdorlik bo`yicha ham shunga o`xshash I
    1
    i
    indekslar hisoblab chiqiladi.
    Agar korxona rahbariyati xodimlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni banklar,
    davlat (byudjet) va o`zaro bog`liq korxonalar oldidagi majburiyatlarni bajarishdan
    ko`ra ustuvorli deb hisoblasa, u holda bu mehnat jamoasi tomonidan egalik qilish,
    tasarruf etish va daromad olish huquqiga norasmiy egalik qilinishidan dalolat
    beradi.
    «Uzoq muddatli kreditlar: ta’minlanmagan»
    I
    2
    q
    «Jami uzoq muddatli majburiyatlar»
    Banklar tomonidan korxona ustidan nazorat darajasini aniqlash uchun I
    2
    indeksni hisoblab chiqish ham foydali, chunki bank tomonidan garov bilan
    ta’minlanmagan kreditlar, faqat berilgan kredit qaytarilishining boshqa, norasmiy
    kafolatlari ko`zda tutilgan hollarda, berilishi mumkin
    7
    .
    7
    «Kreditorning o`z pullarini qaytarib olish huquqi chegaralangan, lekin aksiyadorlarnikiga qaraganda kam, chunki
    (kreditorlarda) nazorat qilishning
    bilvosita, nomuayyan
    usullari mavjud» (Stiglits Dj. Kreditnoye ro’nki i kontrol
    nad kapitalom. ~ MEIMO, 1989, № 6, s. 46~47).


    86

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Transaksiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish