• Tayanch tushunchalar
  • Ijtimoiy bilish, uning mohiyati va mazmuni
  • IJTIMOIY BILISH. JAMIYATNI ILMIY BILISH VA BOSHQARISH




    Download 4,4 Mb.
    bet206/311
    Sana20.12.2023
    Hajmi4,4 Mb.
    #125403
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   311
    Bog'liq
    IJTIMOIY-FALSAFA

    IJTIMOIY BILISH. JAMIYATNI ILMIY BILISH VA BOSHQARISH


    1-mashulot


    Reja:
    1.Ijtimoiy bilish, uning mohiyati va mazmuni
    2. Ijtimoiy bilish tarkibi, darajalari
    3. Ijtimoiy bilishda emperik va nazariy metodlarning birligi
    Tayanch tushunchalar

    Bilish, ijtimoiy bilish, gumanitar bilish, tarixiy bilish, ijtimoiy sifat, ijtimoiy ziddiyat, ijtimoiy-tarixiy dalil, ijtimoiy nazariya, ijtimoiy jarayon, ijtimoiy hodisa, ijtimoiy tizim, ijtimoiy voqelik, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy bilish usullari




    Ijtimoiy bilish, uning mohiyati va mazmuni. Ijtimoiy bilish, bu -jamiyat, ijtimoiy – madaniy, jarayonlar, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy tizimlar, xossalar va qonuniyatlar haqidagi tasavvurlar, g‘oyalar va ta’limotlarni ishlab chiqarish jabhasi va majmuasidir. O‘z navbatida ijtimoiy bilish kundalik hayot tajribasini odamlar ongida umumlashtirish, mafkuraviy tizimlarni yaratish, iijtimoiy-gumanitar tadqiqotlar o‘tkazish jarayonida shakllanadi.
    Odatda ijtimoiy bilish tushunchasi ikki ma’noda qo‘llaniladi: Birinchidan, jamiyat tomonidan bizni o‘rab turgan olamni bilish, ikkinchidan, jamiyatni bilish degan ma’noni anglatadi. Biz ikkinchi ma’nodagi ijtimoiy-bilish haqida fikr yuritamiz.
    Ijtimoiy bilish haqida so‘z borar ekan, eng avvalo, masapaning ikki jihatiga e’tibor qaratish kerak: a) har qanday bilish jamiyatda paydo bo‘ladi, shakllanadi va ma’naviy-madaniy asoslarga tayanadi. Bu xar qanday bilim ijtimoiydir, u insonniig odamlar orasidagi faoliyati bilan bog‘liq, degan ma’noni anglatadi; b) ijtimoiy bilish inson faoliyati shakllaridan biridir, ya’ni jamiyatni, ijtimoiy jarayon va hodisalarni bilishdir. U bilishning boshqa shakllari - tabiatni bilish (tabiatshunoslik) va tafakkurni bilish (gnoseologiya, mantiq)dan farq qiladi.
    Hozirgi zamon falsafasida «ijtimoiy bilish», «gumanitar bilish», «ijtimoiy-gumanitar bilish» tushunchalari sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. Mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy bilish tarixiy, ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy, sotsiologik va hokazolarga bo‘linadi. Ularni muayyan mo‘ljallar, turli qadriyatlar, dalil, maqsad va mazmunni aks ettirishiga ko‘ra, bilishning boshqa shakllaridan farqlaydilar.
    Avvalo, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy bilish shakllari o‘zaro aloqadorligi, bog‘liqligini ta’kidlash lozim. Aslida, ular insoniyatga xos umumiy bilishning bir-biri bilan uzviy bog‘liq ikki tomonidir. Bilishning shakllari orasida chegara yo‘q. Zero, ular asosida ish ko‘radigan, faoliyati bilishning mazkur shakllari bilai bogliq bo‘lgan mutaxassislarning ongi va dunyokarashida farq bor.
    Ijtimoiy bilish asos bo‘lgan gumanitar dunyoqarash soxiblarining ongi, fikri, faoliyatida o‘ziga xoslik borligini inkor etib bulmaydi. Xuddi shunday texnokratik ong va dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilarda xam shu tarzdan o‘ziga xoslik kuzga tashlanadi. Ba’zan ongida texnokratik fikrlash ustuvor bo‘lgan odamlar erishilayotgan yutuq, kashfiyot inson uchun, uning kamoloti uchun ekanligini unutib qo‘yadilar. Ikkinchi tomondan esa, aksariyat gumanitar soha vakillari uchun texnik va tabiiy yo‘nalishdagi qonun-qoidalarning mazmuni tushunarsiz, ularning mohiyati qorong‘uligicha qolaveradi.
    Ijtimoiy (gumanitar) va tabiiy (ilmiy) bilimning mutanosibligi yoki farqini hal qilishda ikki yo‘nalish mavjud. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilish o‘rtasida, uning shakl va metodlari orasida farq yo‘q, deb hisoblaydilar. Masalan, shu yo‘nalish tarafdori, polyak olimi E. Topolskiy ijtimoiy bilish shakli bo‘lgan tarixiy bilishni inkor qiladi. U tarixiy bilishga xos muammolar bir vaqtnnng o‘zida bilishning boshqa shakllarida ham mavjud, deb xisoblaydi. Natijada, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy bilish yagona bir tizim sifatida birlashtiriladi. Bu tabiiy fanlar ahamiyatini mutlaqlashtirishga olib keladi. Bundan faqat tabiiy fan sohasiga tegishli bilimlargina ilmiy bo‘lishi mumkin, falsafa, sotsiologiya, politologiya, madaniyatshunoslik va boshqalar ilmiy bilim bo‘la olmaydi, degan xulosa kelib chiqadi.
    Ijtimoiy bilishning mohiyatini tushunishda uni ijtimoiy sifat, ijtimoiy ziddiyat, ijtimoiy-tarixiy dalil, ijtimoiy nazariya kabi tushunchalar bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Albatta, ijtimoiy bilish uchun bilishga tegishli bo‘lgan barcha jarayonlar xosdir. Dalillarni izohlash va umumlashtirish (empirik bosqich), tadqiq qilinadigan hodisalarni tushuntirish, ularning qonun va sabablarini aniqlash, nazariy va mantiqiy tahlil, bashorat qilish va boshqalar ijtimoiy bilish uchun ham umumiy jihatlardir. Bu, bir tomondan bilishning barcha shakl va turlarining o‘zaro aloqadorligini, ikkinchi tomondan esa ularning har birida alohida xususiyatlar, turlicha namoyon bo‘luvchi ichki farqlar mavjudligini ifodalaydi. Bunday xususiyatlar ijtimoiy hodisalarni bilishda ham ko‘rinadi.
    Gumanitar bilim sohasidagi metodologiyaning shakllanishi ikki asosiy yo‘nalishga ega: 1) tarix falsafasi sohasidagi bilimlar doirasida; 2) ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida. Bu ikki yo‘nalishning takomili XVII asrga, ya’ni falsafa va tabiiy fanlarning ajralish davriga to‘gri keladi. Mazkur yo‘nalishlarning mazmuni, xarakteri va muammolari tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarib boradi.
    XVII asrda mexanika to‘liq shakllangan bo‘lib, uning asosida tabiiy fanlar jadal rivojlangan edi. Ijtimoiy bilim sohasi va falsafaning maxsus bo‘limi hisoblanmish taraqqiyot jarayoni va tarixiy voqealarni ilmiy bilishni aks ettiruvchi tarix falsafasi ham shu davrda yuqori bosqichga ko‘tarildi. Hozirgi kunda «Tarix falsafasi» atamasi quyidagi mazmunlarga ega:
    a) tarixiy voqelik, uning bir butunligi va taraqqiyoti haqidagi ta’limot;
    b) o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakning uzviy birligini umumiy tarixiy jarayon sifatida qaraydigan nazariya;
    v) tarixiy jarayonlarni ratsional vosita va metodlari bilan tadqiq qiluvchi fan falsafasining tarkibiy qismi. ya’ni tarixiy epistemologiya;
    g) tarixiy voqelikni bilish haqidagi falsafiy konsepsiyalar majmui. Ushbu fan «davr», «tarixiy bosqich», «taraqqiyot»,
    «ijtimoiy faoliyat», «qadriyat», «inson» va shu kabi kategoriyalari bilan tarixni falsafiy talqin qiladi. Eng umumiy tarixni bir butun holda tasavvur qilish bu sohadagi tarixiy bilimning maqsadi bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham falsafiy jihatdan o‘rganishdan uning yaxlitligi masalasi eng asosiy muammo sifatida qaraladi.
    Tarix falsafasining ildizlarini «Avesto va «Tavrot»da, Veda va Upanishadalarda, Gerodot va Plugarx asarlaridayoq uchratish mumkin. Beruniy va Ibn Xoldun, Xondamir va Mirxondlar merosida ham tarixga falsafiy yondashuv tamoyillari bor. Keyinroq tarix falsafasi, bilimning bir butun tizimi sifatida XVIII asrda Viko, Gerder, Sen-Simon va boshqa mutafakkirlar asarlarida o‘rganilgan. Fransuz faylasufi Sen-Simon (1760-1825) jamiyatga mexanistik, ammo qonuniy rivojlanuvchi bir butun organizm sifatida qaragan va har qanday ijtimoiy holatni umumiy tarixiy jarayondao‘z o‘rniga ega bo‘lgan tarixiy o‘zgaruvchan hodisa sifatida o‘rganishga harakat qilgan. U yaratgan inson haqidagi fan (ijtimoiy fiziologiya) tarix falsafasiga asoslangan bo‘lib, Sen-Simon uni ham nazariy, ham amaliy faoliyat tamoyili sifatida taxlil qilgan. U jamiyat tarixini chuqur tadqiq qilish insoniyatni sivilizatsiyali taraqqiyotda asrlar davomida ro‘y bergan turli siyosiy illyuziyalardan asraydi, deb ta’kidlaydi. U tarixiylik tamoyilini amalda qo‘llar ekan. Jamiyatning asosiy jihatlarini kishilarning real faoliyati sifatida tadqiq qilgan, insoniyatning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab, asta-sekiilik bilan taraqqiy qilishini e’tirof etgan. Ayni paytda Sen-Simonning ijtimoiy konsepsiyasi o‘z davrida tabiatshunoslik va falsafada hukmron metodologik doktrina bo‘lgan mexanitsizmdan xoli bo‘la olmadi. Uning fikricha, I. Nyuton kashf etgan dunyoning o‘zaro tortilish qonuni yangi falsafaning asosi, o‘z navbatida, siyosiy fanlarning poydevori bo‘lishi mumkin. Sen-Simonda utopik g‘oyalar ham ko‘p. Aynan jamiyat rivojini mexanistik tushunish uni shunday g‘oyalarga olib kelgan edi. Ushbu illyuziya asosida u mexanistik tarzda shakllantirgan tashkilotlar, ya’ni kommunalar faoliyati samarasiz bo‘lib chiqdi. Alaloqibat, ularga sarflangan kuch va mablaglar bekor ketgan, mashhur faylasuf xonavayron bo‘lgan edi. Mumtoz tarix falsafasining yakuni Gegelning ijtimoiy-tarixiy konsepsiyasi bo‘lib, u dialektik metodga asoslangan. Gegel tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni yagona jarayon sifatida tasavvur qiladi. Ularning doimo o‘zgarishdaligini ta’kidlab, tabiiy-tarixiy va ijtimoiy taraqqiyotni ichki aloqadorlikka egaligini isbotlashga harakat qilgan. Gegel inson faoliyati asosini iqtisodiy faoliyat tashkil qiladi, ya’ni, mehnat — tabiatni mehnat qurollari bilan o‘zgartirish, deb hisoblaydi. SHunga ko‘ra, u inson o‘z mehnat qurollari bilan tabiat ustidan hukmronlik qiladi va ayni paytda, o‘z maqsadiga ko‘ra, baribir tabiatga bo‘ysunadi, deya uqtiradi. Gegel fikricha, jahon tarixi yagona ob’ektiv qonuniyatli jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayondagi har bir davr betakror xususiyatga ega bo‘lib, insoniyatning umumiy taraqqiyotida qonuniy bosqich hisoblanadi. SHu bilan birga, Gegelniig tarixiy konsepsiyasi muayyan darajada cheklangan edi. Bu cheklanganlik uning tarixiy jarayon faqat ruh irodasidan iborat, taraqqiyot Pruss monarxiyasi timsolida o‘z nihoyasiga etdi, jahon madaniy taraqqiyotida yakkayu yagona markazdir, degan g‘oyalari yaqqol ko‘rinadi.
    Bilishning shakl va turlarining uzviy birligi ularning har birida aks etadigan o‘ziga xos xususiyat hamda ular orasidagi farq mavjudligiga halal bermaydi. Ijtimoiy bilishning asosiy xususiyat va uni bilishning boshqa shakllaridan farqi quyidagilardan namoyon bo‘ladi:
    1. Keng ma’noda ijtimoiy bilishning predmeti turli shakllarda namoyon bo‘ladigan inson faoliyatidir. Gegel ob’ektiv jarayonining ikkita asosiy shakli mavjud: tabiat va insonning maqsadli faoliyatidir, degan edi. Inson faoliyati doimo ob’ektivlik (ijtimoiy qonunlar) va sub’ektivlik (indivilual ma’rifat, maqsad va h.k.) birligidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, madaniyatni yaratuvchi insondir, ob’ektpv jarayonlarning ikkinchi shakli (insonning maqsadli faoliyati) birinchisidan farkli o‘laroq, tabiatshunoslikning predmeti sifatidati tabiatdir. Binobarin, gumanitar bilim — insonga zarur qadriyatlar haqidagi bilim, madaniy qadriyatlarni yaratuvchi, tarqatuvchi va asrovchi shaxsning ichki boyligini tashkil qiluvchi sub’ektiv reallikning yaxlit ifodasidir.
    2. Gumanitar bilim ijtimoiy jarayonlarga ya’ni ijtimoiy hodisalar rivojlanishi, taraqqiyoti qonunlari, sabab va manbalarini aniqlashga qaratilgan bshshmdir. Bilishga xos bo‘lgan quyidagi ikki variantpi e’tiborga olish darkor:
    a) predmetning o‘zi, ma’lum ma’noda, o‘zgarmaydi, balki uning
    nazariyasi, ya’ni, bilish o‘zgaradi, takomillashadi. Bu tabiiy
    fanlarda yorqinroq namoyon bo‘ladi. Masalan, galaktikalar evolyusiyasi o‘z holicha ro‘y beravsradi, bu evolyusiyaning inson tomonidan bilish muddati iihoyatda chekli na tez sodir bo‘ladi;
    b) predmet taraqqiyotining muddati bilish taraqqiyoti muddati bilan teng bo‘lishi mumkin. Bunday holda bilim, fan evolyusiyasi
    o‘z-o‘zidan ob’ekt evolyusiyasini aks ettiradi. Bu ijtimoiy hodisa
    va jarayonlarni bilishning aloxida xususiyatidir. Ana shu jihatdan hodisalar paydo bo‘luvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi jarayon sifatida tahlil qilishga asoslangan tarixiylik tamoyili alohida ahamiyatga ega. Tarixiylikning ijtimoiy hodisalarni bilishdagi roli shundaki, bunda jamiyag standart holatda emas, balki uning sodir bo‘ladigan hodisalar cheksiz takrorlanish, ba’zida qaytarilmas, turli-tuman holatda talqin qilinadi.
    Tarixiylikning ijgimoiy bilishdagi o‘rnini ta’kidlar ekanmiz, bu tamoyilning tabiatshunoslikka ham xos ekanligini tan olish zarur. CHunki har qaysi fan taraqqiyotning paydo bo‘lishi, yaxlit tizimlarning o‘z-o‘zini tashkil qilishi, o‘zgarishi va boshkalar tarzida o‘rganadi.
    Ijtimoiy tizimlar taraqqiyotning xususiyatlarini o‘rganar ekan, ba’zi mualliflar jamiyat qonunlari murakkabligi uchun ko‘p hollarda sirli bo‘lib tuyuladi, deb hisoblaydilar. Agar ijtimoiy tizim rivojlanishi uning ichki, konkret bosqichlari strukturasi bilan bog‘liq bo‘lsa, unda strukturaviy o‘zgarishdagi holatlar muqarrar tarzda o‘z ifodasipi topadi.
    3. Ijtimoiy bilishda qonuniylik, umumiylik, yakkalik, individuallik munosabatlari nihoyatda muhim:
    a) gumanitar sohada tabiatdagidek ob’ektiv qonunlar mavjud bo‘lib, ularni aniklash va foydalanish ijtimoiy bilishning asosiy maqsadlaridan biridir. Bu qonunlar asosida ijtimoiy bilishning predmetini ajratib olish murakkab vazifadir. SHu tufayli bu sohada umumlashtirish qiyin kechadi;
    b) ijtimoiy-tarixiy hodisalariing tez o‘zgaruvchanligi, unikalligi, takrorlanuvchanligi umumiy qonuiiyatlarni aniqlash zarurligini mutlaqo inkor qilmaydi. Birinchidan, har qanday yakkalik ma’lum darajadagi umumiylik bo‘lib, unda umumiy tomonlar namoyon bo‘ladi. Har qanday unikallik o‘zida universallik elementlarini mujassamlashtiradi. Ikkiichidan, jamiyatda sof yakkalik, unikallik mavjud bo‘lmaydi. Ular doimo boshqa yakkaliklar bilan o‘zaro ta’sir tizimida bo‘ladi;
    v) ijtimoiy voqelik ma’lum ma’noda individuallashgani uchun uni strukturalashtirish hamda tiplashtirish qiyin, bu uning aniq ifodasi va modelini yaratishni murakkablashtiradi. Bu usullar qiyin bulsada, gumanitar sohada ham qo‘llaniladi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, ijtimoiy bilimning tili ikki xil tarzda namoyon bo‘ladi. Birinchisi — jamiyatshunoslikda ishlatiladigan so‘zlar ko‘p uchraydigan jamoa tili bo‘lib, masalalar mohiyatini sodda tushuntirishga mo‘ljallangan. Ikkinchisi esa falsafa, sotsiologiya, madaniyat nazariyasi, antropologiya, psixologiya va boshqa sohalarga oid tadqiqotlarning murakkab terminologik fondini mujassamlashtirib, ilmiy-nazariy va germenevtik faoliyatga mo‘ljallangan. SHu bilan birga, jamiyatshunoslikda aniq tushunchalar, misollar keng qo‘llaniladigan tabiatshuioslik tili ham talqin qilinadi.
    4. Ijtimoiy bilish predmeti doimo sub’ektivdir, ya’ni bunda har qanday holatda ham inson o‘rganiladi. SHuning uchun, bu nafaqat «sub’ekt-ob’ekt» munosabati, balki “sub’ekt-sub’ekt” munosabati hamdir. Qadimgi zamon mutafakkiri Sofokl majoziy ma’noda ifodalaganidek, odamlar hayotda o‘zlari yaratadigan dramaning ham muallifi, ham aktyorlaridir. Olamda o‘zi uchun ham, o‘z zavoli uchun ham kuch va murakkab narsalarni mohirona yaratiishi insonga teng jonzot yo‘q. Birinchi kamondan atom bombasigacha, birinchi sirtmoqdan kompyutergacha, birinchi tuzoqdan kosmik kemalargacha bo‘lgan yo‘lni faqat inson bosib o‘tgan. Xullas, har qanday ijtimoiy bilim predmetida sub’ekt mavjudligini inkor qilish mumkin emas. SHuning uchun ijtimoiy bilishning asosiy vazifasi — o‘ziga o‘xshagan boshka “men”ni, ya’ni, odamni ob’ekt sifatida emas, balki boshqa sub’ektni, uning sub’ektiv faoliyatani, o‘zga odamlar, ijtimoiy birliklar (sub’ektlar) faoliyatini reallik sifatida tushunmokdan iborat. Sub’ektiing ijtimoiy bilim predmetiga kiritilishi bu predmetning nihoyatda murakkabligining ifodasidir. Bunga moddiylik va ma’naviylik, stixiyalilik va onglilik, emotsionallik, ratsionallik va irratsionallik o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘ladi. Bu sohada turli manfaat va ehtiyojlar, xilma-xil maqsad va ideallar shakllanadi, amalga oshadi yoki bir-biriga zid kelib qoladi.
    Demak, tabiiy bilishda inson (sub’ekt), asosan, moddiy dunyo, xususan jonsiz tabiat elementlari (ob’ektlar)ni o‘rgansa, ijtimoiy bilishda o‘zi va o‘ziga o‘xshash sub’ektlarni ko‘proq o‘rganadi. Jamiyat taxlil qilinar ekan, u bir vaqtning o‘zida ham ob’ekt, ham sub’ektni mujassamlashtirishi, ular orasidagi farq, ba’zida ziddiyat reallik ekanligini unutmaslik kerak. T. Adornoning ta’kidlashicha, «Ziddiyat eng yuqori darajadagi reallik bo‘lib, u ijtimoiy predmening o‘zidadir. Uni bilish jarayonidan yoki real ijtimoiy dunyodan ajratish mumkin emas». Bunda bilish sub’ekti faoliyatining ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan ob’ektlarga nisbatan tatbiq etilishi sinergetikada ko‘p uchraydigan vaziyat bilan ifodalanishi mumkin. Ijtimoiy muhitning barqarorligi yoki beqarorligida har bir kishining harakati o‘z o‘rniga ega, u qay tarzda bo‘lmasin baribir makroijtimoiy jarayonlarga ta’sir etadi. Bu, o‘z navbatvda, har bir kishining yagona ijtimoiy tizim, ya’ni umumiy faoliyatda o‘z o‘rni borligini anglatib, uning jamiyat takdiriga mas’ul ekanligini bildiradi.
    5. Ijtimoiy-gumanitar bilim - inson borligi, hayoti mazmunini, uning ishlab chiqarish bilan bog‘liq jihatlari va qadriyatli mazmunini anglashga qaratilgan. Agar inson uchun biror narsaning moddiy yoki ma’naviy qadri va ahamiyati bo‘lmaganida edi, odamzot hech qachon uni o‘rganmagan bo‘lar edi.
    Mazmun va qadriyat kategoriyalari ijtimoiy bilish xususiyatini -tushunishda muhim ahamiyatga ega. Inson hayoti oigli faoliyatdir. Uning mazmuni inson borligining ma’naviy yo‘nalishi, uning asosi, oliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni amalga oshiruvchi haqiqat, yaxshilik va go‘zallik sifatida namoyon bo‘ladi. Gumanitar bilim aynan shu mazmunni aniqlash va asoslashga qaratilgan.
    6. Ijtimoiy bilishda tushunish ham muhim ahamiyatga egadir. Tushunishning oddiyligi, to‘xtovsiz jarayon ekanligi haqidagi tasavvurlar uzoq vaqt mobaynida uning murakkab va serqirra hodisa ekanligini tan olishga halaqit bergan. Odatda, bu tushunchaga ta’rif berilmaydi, aksariyat hollarda uning garmenevtika uchun asosiy manba ekanligi ta’kidlanadi.
    7. Ijtimoiy-gumanitar bilimda ob’ekt va sub’ektning murakkab, vaqt va davr bilan bogliq aloqasi mavjud. Bu Baden maktabi namoyandalari tomonidan tavsiflab berilgan. Ular ijtimoiy fanlarda, xususan, tarix fanida ijtimoiy voqelik, uning tarixiy bosqichlarini yozma matnlar — hujjat, xatlar alohida o‘rin egallashini, bu reallik arxeologik va tarixiy manbalar orqali namoyon bo‘lishiga e’tiborni qaratganlar. Tarixiy reallik tarixchilardan mislsiz vaqt oralig‘i bilan ajralganligi uchun tarix sohasidagi tadqiqotlarning ob’ektlari yuqoridagi manbalar hisoblanadi.
    8. Ijtimoiy bilish va gumanitar fanlarda semiotika muammolari alohida o‘rin tutadi. Semiotika (yunoncha — belgi) belgi va belgilar tizimi xossalarini o‘rganuvchi fandir.
    9. Ijtimoiy bilishda dialog ham muhim ahamiyatga egadir. Dialog - ikki yoki undan ortiq kishilarning suhbati yoxud ular orasidagi og‘zaki muloqotning yozma tarzda mustaxkamlanishi. Dialog ikki yoki bir necha kishining o‘zaro tushunish va tushuntirishga tabiiy intilishi tarzida namoyon bo‘ladi.
    10. Ijtimoiy bilishda falsafa va uniig metodlari alohida o‘rin egallaydi. Dialektika dialog natijasida paydo bo‘lib, uning oliy darajasi — shaxslar, g‘oyalar va ta’limotlararo dialog darajasiga ko‘tariladi. SHu tariqa umumfalsafiy, umumilmiy metodga aylanadi. Falsafiy tafakkur va ijtimoiy bilishda, nafaqat ontologik, balki dunyoqarashlik, mantiqiy gnoseologik jihatlar ham muhim ahamiyatga ega.
    11. Ijtimoiy bilish o‘rganilayotgan voqelikning sifatiga bevosita e’tibor qaratadi. Bunda hodisa va jarayonlar, eng avvalo, son va raqam, aniq natijalar nuqtai nazaridan emas, balki sifat va individual ahamiyat, qadr nuqtai nazaridan o‘rganiladi. SHuning uchun ijtimoiy nazariyalarda son va raqamlar tabiiy matematak fanlarga nisbatan kam. Biroq, bu erda ham bilishni matematikalashtirish, kompyuterlashtirish, formallashtirish har bir jarayonni kengroq yoritishga yordam beradi.
    12. Ijtimoiy bilishda empirik va nazariy komponentlarning o‘ziga xos birligi mavjud. Empirik metodlarning ijtimoiy bilishdagi cheklanganligi aniq bo‘lsada, ulardan keng foydalaniladi. Bular so‘rovnomalar, testlar, modelli eksperiment va boshqalardan iborat bo‘lib, ular o‘rganilayottan hodisalarning tabiiy-ob’ektiv xossalariga emas, balki, insoniylik tavsifi, qadri, ahamiyatini aniqlashda qo‘llaniladi. Ulardan foydalanishda voqea va jarayonlarda ishtirok etishning axamiyati katta.
    13. Ijtimoiy bilishda tan olingan umumiy paradigmalarning yo‘qligi yoki o‘zgaruvchanligi qiyinchilik tug‘diradi. Ijtimoiy bilishning bu xususiyatini hozirgi zamon mantiqshunosi va faylasufi G.X. Fon Vritt alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, jamiyatshunoslikda umumiy olingan paradigmalar mavjud emas, shu bilan u tabiatshunoslikdan farq qiladi. Biroq, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida muayyan nazariyalarning hukmron paradigmaga aylanadi.
    Jamiyat tabiat taraqqiyoti natijasida kelib chiqqan bo‘lib, insonlarning ijtimoiy uyushgan birligi, ijtimoiy faoliyatining natijasidir. Jamiyat ham tabiat kabi ob’ektiv, o‘z tuzilishi va taraqqiyot qonunlariga ega bo‘lgan ijtimoiy organizmdir. SHu bilan birga, jamiyat o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra tabiatdanfarq qiladi. Bu farq shundaki, tabiat moddiy borliqsifatida vaqtda abadiy, makonda cheksiz mavjud bo‘lsa, jamiyat ham moddiy va ma’naviy borliqning birligisifatida u vaqtda va makonda chegaralangandir. Tabiatda faqat ongsiz kuchlar bir-birlariga ta’sir va aksta’sir qilib, uning umumiy qonunlari ana shu kuchlarning o‘zaro ta’siri jarayonida amal qiladi. Bunda anglangan, istalgan maqsad hech qachon bo‘lmaydi. Jamiyatdaesa ongli, muayyan maqsadga, ma’lum ehtiyoj va manfaatlarga ega bo‘lgan, ma’lum rejalar bilan ish ko‘radigan kishilar faoliyat ko‘rsatadi. Bunda hech narsa anglanmagan, maqsadsiz qilinmaydi.
    Jamiyatda insonlar faoliyatini siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy omillar belgilaydi. Bu omillar juda hilma-xil bo‘lib, ular tashqi ijtimoiy hodisalardan va ichki ideal orzulardan: chunonchi shuhratparastlik, haq va huquqqa xizmat qilish, shaxsiy manfaat, shaxsiy nafrat yoki istak va tilaklardaniborat bo‘ladi. Bu omillar zaminida esa doimo ularniharakatga keltirib turuvchi ma’lum moddiy va ma’naviy kuchlar mavjud bo‘ladi. Ular kishilarning miyalarida turli-tuman maqsadlar, orzular, rag‘batlar, xohish va istaklar, irodalar va ehtiyojlar shakllarigakirgan tarixiy sabablardan tashkil topadi. Bu omillar insonlar ongida tarixda amal qiladigan, ularni harakatga keltiruvchi ideal kuchlar sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ideal kuchlar zaminida esa ularni paydoqiluvchi va harakatlantiruvchi ehtiyojlar va manfaatlar, ularni qondirishga qaratilgan ijtimoiy va ma’naviy faoliyatlar yotadi.
    Kishilarning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy faoliyatlari orqali jamiyatning qonunlari amal qiladi. Bu qonunlar, aslida, kishilar faoliyatining qonunlaridir. SHu sababli jamiyatni bilish kishilarning faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, u ijtimoiymazmunga ega. Uning bu mazmuni jamiyatni tashkilqilgan kishilarning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy munosabatlaridan kelib chiqadi.
    Jamiyatni bilishda kishilarning ijtimoiy munosabatlari mahsuli sifatida kelib chiqadigan ishlabchiqarish munosabatlarining belgilovchi xarakterinitushunish katta ahamiyatga ega.
    Ijtimoiy bilish — bu jamiyatni, undagi ijtimoiy hodisalarning mohiyatini, ularning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanishi qonunlarini bilishdir. Bu esa ularni ijtimoiy munosabatlar tizimida,ularning mahsuli sifatida olib o‘rganishni talab qiladi. Ijtimoiy hodisalarning haqiqiy kelib chiqishini o‘rganishda, nazariy jihatdan tushunishda moddiy, ma’naviy munosabatlar belgilovchi rol o‘ynaydi. Ijtimoiy bilishning boshqa barcha jihatlari uningxususiyatlaridan kelib chiqadi.
    Ijtimoiy bilish, avvalo, kishilar ijtimoiy amaliy faoliyatlari bilan, bu faoliyatlar natijasidayuzaga keladigan munosabatlar bilan, bu munosabatlarsohibi bo‘lgan kishilarning bilim darajalari bilanbog‘liq bo‘ladi.
    Ijtimoiy bilish, keng ma’noda, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongning in’ikosidir. U ijtimoiy in’ikos bo‘lib borliq in’ikosining hamma ungacha bo‘lgan shakllari va bosqichlaridan tubdan farq qiladi. Ijtimoiy bilish jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarning, iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarning kishilar miyasidagi faol aksidir.
    Ijtimoiy bilish — bu bir butun jamiyatni, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, barcha ijtimoiy voqea-hodisalarni, xullas, jamiyatning bir butunmoddiy va ma’naviy hayotini bilishdir. Ijtimoiybilish jamiyat paydo bo‘lishi bilan birga paydo bo‘lib, rivojlanib, o‘zgarib borishi bilan rivojlanib, boyib boradi. U, inson bilish faoliyatining bir tomoni sifatida, har doim tarixiy xarakterga ega bo‘lib, uning holati jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichi bilan bog‘langan va chegaralangan bo‘ladi.
    Ijtimoiy bilish — bu insonning ijtimoiy borliqni ma’lum maqsad asosida o‘zlashtirishidir. U tabiatni bilishdan farkli o‘laroq, faqat jamiyatdagi moddiy-ijtimoiy faoliyatlar va munosabatlarni hamda ularning qonuniyatlarini bilishdan iborat bo‘lmasdan, ma’naviy, mafkuraviy faoliyatlar va munosabatlarni, ularning qonuniyatlarini bilishni ham o‘zichiga oladi. Ijtimoiy bilish, shu bilan birga, insonning o‘zini ham, uning tabiati va jamiyatdagio‘rnini, taqdiri, hayotining ma’nosi va mazmuninibilishdan ham iboratdir.
    Ijtimoiy bilishning har bir yangi bosqichi oldingi avlodlarning amaliy tajribalari va nazariy bilimlariga tayangan holda yuzaga keladi. Ijtimoiy bilishni yuzaga keltiradigan asosiy omillardan biri — ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlardir. Harqanday ijtimoiy bilish jamiyat ijtimoiy ehtiyojlari bilan, kishilarning moddiy va ma’naviy manfaatlari bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga keladi.
    Ijtimoiy bilishning muhim xususiyatlaridan yana biri — uning kishilar ijtimoiy-tarixiy, amaliy faoliyatlari bilan bog‘liqligidir. SHu sababli ijtimoiy bilishni tarixiy amaliyot bilan bog‘lab o‘rganishi jtimoiy hodisalar mohiyatini ilmiy tushunishning muhim sharti hisoblanadi.
    Jamiyat borlig‘ining mohiyati shundaki, u kishilar moddiy va ma’naviy faoliyatlarining, ular ijtimoiy amaliyotlarining o‘zaro birligidan, ularning moddiy va ma’naviy ijtimoiy munosabatlarning mavjudlik shakllaridan iboratdir. Bir butun jamiyatning hayoti va faoliyati undagi kishilarning o‘z-o‘zini takror ishlabchiqarishi asosida yuzaga keladi. Bunda kishilarning jamiyatdagi moddiy va ma’naviy ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatlari muhim rol o‘ynaydi.
    Ijtimoiy-tarixiy amaliyot ijtimoiy bilishningasosini tashkil qilib, uning manbai, maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib xizmat qiladi.
    Ijtimoiy bilishda har qanday ijtimoiy hodisayoki voqea kishilar tomonidan faqat bilib olinmaydi,balki ular shu bilan birga, o‘ziga xos ijobiy yokisalbiy, yaxshi yoki yomon, ma’qul yoki noma’qul, adolatliyoki adolatsiz, aqlga muvofiq yoki aqlga nomuvofiq,deb baholanadi. Bu ijtimoiy bilishning qadriyatlarbilan bogliq tomonidir. Odatda, ijtimoiy hodisalarni va ular haqidagi bilimlarni bunday baholashdoimo ma’lum ijtimoiy shart-sharoitlar bilan, ma’lum ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan bog‘langan vashartlangan bo‘ladi. Bunda baholovchi sub’ektning manfaati, ehtiyoji, talabi, maqsadlari va nihoyat, g‘oyaviyyo‘li ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, tarixda ro‘ybergan ayni bir ijtimoiy hodisa shaxslar tomonidan,ularning g‘oyaviy yo‘lidan kelib chiqib, turlicha baholanganligi, izohlanganligi ma’lum.
    Umuman olganda, aqlga muvofiq va aklganomuvofiqlik o‘zaro bir-birlari bilan qarama-qarshi vaayni vaqtda butun baholash jarayonining ajralmas ikki tomonini tashkil qiladi. Baholash jarayoniga xosbu aqlga muvofiqlik va aqlga nomuvofiqlikni bir biridan ajratib, ularni bir-biriga butunlay qarama qarshi qo‘yish xatodir. CHunki jamiyatdagi narsa vahodisalar tabiatiga, mohiyat e’tibori bilan bu xususiyatlar xos emasdir. Bunday xususiyatlarni ularga inson o‘z ehtiyojlari, talab va manfaatlaridan kelibchiqib beradi.
    SHunday bo‘ladiki, kishilarning aqlga muvofiq, deb amalga oshirgan ijtimoiy amaliyotlarining ularhali bilmagan, kutmagan aqlga nomuvofiq tomonlariham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, kishilar daryolarni bog‘lab, gidroelektrostaniiyalar quradilar vaarzon elektr energiyasi olishga erishadi. Bu — aqlgamuvofiqdir. Lekin, shu bilan birga, bu joyda suvombori hosil bo‘lib, u erdagi ko‘p ekinzor erlar suvostida qoladi, atrofida esa botqoqliklar paydo bo‘ladi, er osti suvlarining ko‘tarilishi ro‘y beradi.Imoratlar zaxlab keta boshlaydi. Atrof-muhitningiqlimi, tabiiy sharoiti o‘zgaradi va h. k. Bular —aqlga nomuvofiqdir.
    Aqlga muvofiqlik va aqlga nomuvofiqlik insonning ijtimoiy bilimlari sohasiga ham xosdir. Aqlgamuvofiq bilimlar ijtimoiy hayotda muhim rolo‘ynab, jamiyat taraqqiyotini tezlashtirishi, kishilarhayotining farovon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.Aqlga nomuvofiq bilimlar jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilib, uni turg‘unlikka, tanazzulga olib kelishi mumkin. Bunga biz misollarni sobiq Ittifoqdavrida ijtimoiy fanlar sohalaridan ko‘plab keltirishimiz mumkin.
    Ijtimoiy bilishning mohiyatini to‘g‘ri tushunishda muhim masalalardan biri — ijtimoiy bilimlarning haqiqatligi masalasidir. Ijtimoiy haqiqat —ijtimoiy bilimlarning ijtimoiy borliqqa, ungaxos voqea-hodisalarga mos kelishidir. Bu jihatdanijtimoiy haqiqat ham mazmuniga ko‘ra insonga, insoniyatga, kishilarning ongiga, xohish irodalariga bog‘liq emas. U ham o‘z mazmuni jihatidan ob’ektivxarakterga ega. Biroq ijtimoiy bilishda ijtimoiyhaqiqat namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarimavjud. Bu o‘ziga xoslik, avvalam bor, sub’ekt vaob’ekt munosabatlarining alohida xususiyatlari bilan, sub’ekt va ob’ektni tashkil etgan kishilarningongli faoliyatlari, sub’ektning ob’ektni o‘zlashtirishiga qaratilgan faol amaliy ta’siri bilan bog‘liqbo‘ladi. Ijtimoiy haqiqat bunda ob’ektga sub’ektning faol ta’siri tufayli sodir bo‘ladigan ijtimoiy in’ikos sifatida yuzaga kelgan ijtimoiy bilimlarning ob’ektiv mazmunidir. Lekin ijtimoiybilish ob’ekti kishilar faoliyati mahsuli bo‘lganidan haqiqatning mazmuniga doimo sub’ektivlik hamxos bo‘ladi. SHu tufayli ijtimoiy haqiqat o‘z mazmuniga ko‘ra har doim ob’ektivlik va sub’ektivlikningdialektik birligidan tashkil topadi. Bu dialektikbirlik, shu bilan birga, o‘zaro tafovutga ham ega. Ijtimoiy haqiqatning mazmuniga xos bu tafovut ob’ektivlik va sub’ektivlikning qarama-qarshi munosabatida namoyon bo‘ladi.
    Ijtimoiy bilishda bilimlarning haqiqatligiularning tarixiy jihati bilan ham bog‘liqdir. Ijtimoiy bilimlarning shakllanishi asosida ham, engavvalo, kishilarning moddiy va ma’naviy amaliyfaoliyatlari yotadi. SHu tufayli ularning mazmuniham ma’lum vaqt va makon, shart-sharoitlar bilanbog‘liq bo‘ladi. Bulardan tashqari, ijtimoiy bilimlar doimo ma’lum ijtimoiy guruh, sinf, tabaqayoki shaxslarning manfaatlari, maqsadlari, xohishva istaklari bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi.Ijtimoiy bilimlarning mazmunida bu narsa ma’lum mafkuraviy va dunyoqarash komponentlari sifatida namoyon bo‘ladi.
    Ijtimoiy haqiqat ijtimoiy bilish ob’ektiningholati bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy bilishdahaqiqatning shakllanishi mantiqi, odatda, etukob’ektni talab qiladi. Etuk ob’ektgina sub’ektgaob’ektni to‘la bilish, u haqda to‘la mazmunli bilimlarhosil qilish imkonini beradi. Etuk rivojlangan ijtimoiy ob’ekt haqida hosil qilingan bilimlar ijtimoiy borliqning hali etilmagan shakllarinibilishda katta rol o‘ynaydi. SHu sababli ijtimoiybilishda ob’ektning o‘tmishi va hozirgi holatini bilish uning kelajak holatini oldindan ko‘rishga, ya’nioldindan aytishga imkoniyat beradi.
    Ijtimoiy haqiqat ham nisbiy va mutlaq haqiqatlarning birligidan yuzaga keladi. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan ijtimoiy bilimlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat taraqqiyotining konkretbosqichidagi har bir yangi avlod o‘zidan oldingi avlodlar orttirgan bilimlarni o‘zlashtirib olish bilanbirga, o‘zlari o‘rganib, insoniyatning ijtimoiy bilish chegaralarini yanada olg‘a siljitib boradi. SHusababli nisbiy ijtimoiy haqiqatlar to‘planib, mutlaq ijtimoiy haqiqat tomon yaqinlashib boradi. In sonning bir butun bilishi kabi uning ijtimoiy bi lish imkoniyatlari ham benihoyadir, u ham nisbiyhaqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradigan cheksiz jarayondir. Butun ijtimoiy fanlar va ijtimoiyamaliyot tarixi ijtimoiy bilimlarning ham nisbiyhaqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon borishidaniborat dialektik jarayon ekanligini tasdiqlaydi.
    Ijtimoiy bilishning rivojlanishi ham qarama-qarshi g‘oyalar va qarashlarning, konsepsiyalar va nazariyalarning o‘zaro kurashi orqali, ularni har birdavrda qayta ko‘rib chiqish, yangicha baholash, ularningeskirgan va xato tomonlaridan voz kechib, yangi tomonlarini qabul qilib borish asosida yuzaga keladi.
    CHunki ijtimoiy haqiqat ham aniq bo‘lib, u ham jamiyatdagi aniqvoqea va hodisalarga, ular mavjud bo‘lgananiq davrga, vaziyatga, joyga, o‘ringa, vaqtga, aniqob’ektiv va sub’ektiv ijtimoiy shart-sharoitlargabog‘liqdir. SHusababli ijtimoiy shart-sharoitlarningo‘zgarishi bilan, avval haqiqat bo‘lgan ijtimoiy bilimlar o‘zgargan sharoitda haqiqat bo‘lmay qolishi mumkin.Bu shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy bilishda mavhum haqiqat yo‘q, balki aniq haqiqat mavjuddir. SHuning uchunijtimoiy hodisalarni o‘rganishga doimo aniq ijtimoiy aloqadorlik va bog‘lanishlardan, aniqob’ektiv vasub’ektiv ijtimoiy shart-sharoitlardan kelib chiqibyondoshmoqlozim. CHunki, hamma zamonlar, hammadavrlarda, har qanday sharoitda o‘zgarmay qoladigan ijtimoiybilimlar yo‘q. Ijtimoiy bilishda haqiqatning aniqligi masalasini to‘g‘ri tushunish hayotda juda katta rolo‘ynaydi.
    Nihoyat, ijtimoiy bilimlarning haqiqatligi kriteriysi ham ijtimoiy-tarixiy amaliyotdir. Ijtimoiy-tarixiy amaliyot ijtimoiy bilimlarning haqiqat yoki xato ekanligini ajratadigan, aniklaydiganmezondir. Lekin ijtimoiy-tarixiy amaliyot ma’lumtarixiy shart-sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgani uchunhaqiqat mezoni sifatida nisbiy xarakterga ega. CHunki, bu mezon inson bilimlarining mutlaqlikka aylanib ketishiga imkon bermaydigan darajada nomuayyan bo‘lishi bilan birga, ularning faqat nisbiyhaqiqatlardan iborat emasligini tasdiqlovchi darajada muayyandir. Lekin shuni ham unutmaslik lozimki, ijtimoiy amaliyot mezoni mohiyat e’tibori bilanhech vaqt insonning ijtimoiy bilimlarini mutlaqto‘liq holda tasdiklab yoki rad qilib bera olmaydi.
    Ijtimoiy haqiqat o‘z tabiatiga ko‘ra kishilarninghis-tuyg‘ulari va ehtiroslari bilan ham chambarchas bor likdir. Ijtimoiy haqiqatga erishish his-tuyg‘ularsizmumkin emas. Kishilirning his-tuyg‘ularisiz hech ma hap haqiqatni qidirish bo‘lmagan va bo‘lishi ham mum kin emas.
    Ijtimoiy haqiqat ijtimoiy borliqning, undagivoqea va hodisalarning oddiy mexanik in’ikosi yokito‘g‘ri ifodalanishi emas, balki ma’lum qadriyatlarning, mavjud voqelik va imkoniyatlarning ideallashgan ma’naviy ifodasi hamdir. To‘g‘risi, ijtimoiyhaqiqat ancha chuqur ma’nodagi ijtimoiy ob’ektivlikning ideal ma’naviylik bilan mos kelishidir. SHusababli ijtimoiy haqiqatda tarixiy haqiqat, hayot ha qiqati va badiiy haqiqatlar bir-biridan farq qiladi.
    Tarixiy haqiqat— bu tarixda yuz bergan birorhodisa yoki voqealarning qachon va qanday ob’ektiv vasub’ektiv shart-sharoitlar asosida yuz berganini ilmiy manbalar aniq va haqqoniy aks ettirgan, asoslangan bilimlardir. Tarixiy haqiqatning buzilishitarix sahifalarida “oq dog‘lar” va “qora dog‘lar”ningpaydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa tarixning noto‘g‘ri yozilishiga sabab bo‘lib, o‘tmish tarixiy voqea vahodisalarni bilishda noto‘g‘ri yoki bir tomonlama qarashlarning qaror topishiga sabab bo‘ladi. Bunga sobiq Ittifoq davrida yozilgan tarix fanlari asarla ridan ko‘plab misollar keltirish mumkin.
    Ijtimoiy bilishda hayot haqiqati ham mavjud.
    Hayot haqiqati— bu ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum tarixiy bosqichida hayotda sodir bo‘lgan yoki bo‘layotgan, jamiyat tomonidan anglangan va e’tirofetilgan voqea va hodisalar haqidagi ularga mos keluvchi ijtimoiy bilimlardir. Biz hayot haqiqati deganimizda, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan voqea, hodisa vajarayonlarning, ular asli qanday holda yuz berayotganbo‘lsa, ularning bizning bilishimiz jarayonida va bilimlarimizda xuddi shunday o‘z ifodasini topishinitushunamiz. Hayot haqiqati, odatda bizning ijtimoiybilimlarimizdan tashqari, san’at va madaniyat asarlarida, moddiy va ma’naviy qadriyatlarda, huquqiy vaaxloqiy normalarda, ta’lim va tarbiya sohalarida o‘zifodasini topadi. SHu jihatdan hayot haqiqati badiiyhaqiqat bilan chambarchas bog‘liqdir. Xo‘sh, badiiy haqiqat nima?
    Hayot haqiqatning san’at va madaniyat asarlaridasan’at qonuniyatlar va mantiqi asosida aks ettirilishi natijasida ifodalangan qarashlar, g‘oyalar badiiyhaqiqat deyiladi. Bunda hayot haqiqati badiiy haqiqatni belgilaydi. Hayot haqiqati o‘z mohiyatiga ko‘raijtimoiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy in’ikos prinsiplari bilan bog‘liq yuzaga kelsa,badiiy haqiqat ijtimoiy hayotning san’at va madaniyat asarlarida estetik aks ettirish xususiyatlari vasan’atning voqelikni estetik in’ikos ettirishprinsiplari bilan bog‘liq holda o‘z ifodasini topadi. SHu sababli san’at asarining qiymati unda hayothaqiqatining badiiy haqiqatda qanchalik real, haqqoniy, to‘g‘ri badiiy ifodalanishi bilan belgilanadi.Xullas, tarixiy haqiqat, hayot haqiqati va badiiy haqiqatlar ijtimoiy haqiqatning turli tomonlari,turli qirralari bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq va bir-bi rini to‘ldiradi. Ijtimoiy haqiqat, shu bilan birga,o‘z ichiga aql va adolat talablariga mos keluvchi bilimlarni ham oladi. Bu jihatdan ijtimoiy haqiqatbilimlarning, nazariy qarashlarning ijtimoiy hodisalar va voqealarga oddiy mos kelishi bo‘lmay, balki “aklga muvofiq” mos kelishidir.

    Download 4,4 Mb.
    1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   311




    Download 4,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IJTIMOIY BILISH. JAMIYATNI ILMIY BILISH VA BOSHQARISH

    Download 4,4 Mb.