Mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar




Download 4,4 Mb.
bet215/311
Sana20.12.2023
Hajmi4,4 Mb.
#125403
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar. Er yuzida inson paydo bo‘lgandan beri kishilarturlicha madaniy darajasi, xohish-istaklari va hokazolari bilan bir-biridan farq qilib kelganlar.
Insoniyat o‘zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga,masalan, ko‘chmanchi chorvachilikdan dehqonchilikka o‘tishi jarayonida tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan, ularni qayta tayyorlash va ekin ekib, ularni yangitdan etishtirishga o‘tishi bilan yuktimoiy munosabatlar rivojlanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror topishi bilan kishilik jamiyatidahukm surgan sodda ko‘rinishdagi ijtimoiy tenglikbarham topib, uning o‘rniga mahsulot olish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar yuzaga keladi. Kishilar ijtimoiy hayotining tashkil etilganligi jamiyat ilgarilama harakatida notekislik va mavjud muammolarni hal etishda urushlardan vosita sifatida foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Xozirgi vaqtdaeng katta global muammo bo‘lgan urush va tinchlikmuammosini ana shu tarzda jamiyat ichki rivojlanishijarayonlari maydonga keltirgan.
Ma’lumki, urush va tinchlik muammosi mamlakatichida yoki uning tashqarisida, mamlakatlar o‘rtasidagimunozarali masalalarni hal etishda siyosiy zo‘ravonlik ishlatish, yoxud uni istisno etishni bildiradi.Tinchlik xalqlarning xohish-irodasi, orzu-umidi bo‘lsa,urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning siyosati oqibatidir. YOzma yodgorliklarning guvohlik berishicha,so‘nggi6 ming yil davomida, er yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo‘lgan. Bu davr ichida atigi 300 yilginaurushsiz kechgan.
Amerikalik olim R. Klarkning “Urush ilmi va tinchlik” kitobida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra,turli davrlarda yuz bergan urushlar taxlili shuni ko‘rsatadiki, 1800—1859 yillarda er yuzida 1 mlrd. aholi yashagan, 92 urushda 800 ming kishi halok bo‘lgan,1860—1899 yillarda 106 urushda 1,3 mln., 1900—1949 yillarda esa 117 ta urushda 142,5 mln. odam qirilib ketgan. Ko‘rinib turibdiki, urushlar va qurbonlar soni aholining o‘sishiga qaraganda tezroq o‘sgan. Kitobda ko‘rsatilishicha, urushlar va halok bo‘lgan kishilarsonining oshib borishi natijasida shunday kun keladiki, Sayyora aholisi urushlarda qirilib ketishimumkin. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda siyosiy manfaatlarning ustunligi urushlarning kelib chiqishiga imkon tug‘diradi.
Urushlar borgan sari faqatgina harbiylarning “ishi” bo‘lmay qolmoqda. YA’ni harbiy harakatlar jarayonida harbiylarga nisbatan tinch aholining nobud bo‘lishi tendensiyasi aql bovar qilmas darajada yuqorilamoqda. Masalan, Birinchi Jahon urushida qubonlar soni harbiylar orasida tinch aholiga nisbatan yigirma barobar ko‘p bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushida qurbonlar soni nisbati teng bo‘ldi. Koreyadagi urushda (1950-1953) tinch aholi orasida qurbonlar soni harbiylarga qaraganda besh marta ko‘p bo‘ldi. Vetnam urushida esa bu tafovut 20:1 nisbatni tashkil etdi. Tobora madaniylashib borayotgan insoniyat to‘g‘risidagi gaplar aynan urushlar jarayonida teskari ma’no kasb etmoqda.
Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‘lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga “o‘lish yo qolish?” degan mudhish savolni qo‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‘q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Teyyar de SHarden yangi vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: “Bir individ o‘lsa, uning o‘rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o‘limi hayotning davom etishiga to‘siq bo‘la olmaydi. Ammo butun insoniyat o‘lsa-chi?..”397.
1940-yillarning oxirida ta’riflangan bu masala vaqt o‘tishi bilan ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. Atom bombasi paydo bo‘lishi bilan “qiyomat-qoyim” xom-xayol bo‘lmay qoldi. O‘sha davrda yangi ixtironing butun xavfini ko‘pchilik hali tushunmagan, ayrim faylasuflar va olimlar yadro urushi tahdid solayotgan sharoitda odamlar o‘zining o‘zgargan holatini anglab etishlari va insoniyat halok bo‘lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlari lozimligi haqida ogohlantirgan edi.
Albatta, o‘zini o‘zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo bo‘lgani yo‘q. YAdro qurolini yaratish va uni butun tiriklikni qirib tashlash uchun etarli miqdorda jamg‘arish uchun vaqt, juda katta moddiy, moliyaviy va boshqa xarajatlar, shuningdek jahonning turli mamlakatlaridagi olimlar, muhandislar va ishchilar ko‘p millionli armiyasining kuch-g‘ayrati talab etildi. Ammo birinchi yadro portlashlaridan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini jahon hamjamiyatining keng davralari anglab etishi uchun ham qariyb 30 yil vaqt o‘tishi kerak bo‘ldi.
AQSH va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ish olib borgan olimlar ikki jamoasi tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bo‘lgan “yadro qishi” konsepsiyasi paydo bo‘lgan 1980-yillarning boshiga kelibgina insoniyat yadro quroli yaratilishi, shuningdek global muammolar paydo bo‘lishi bilan u o‘zining avvalgi “umrboqiyligi”ni yo‘qotganini uzil-kesil anglab etdi.
YAdro qurollari butun tiriklikni yo‘q qilish hususiyati bilan hayotni saqlab qolish muammosini tug‘dirdi. Urushlar avvallari ham bo‘lgan, ammo uning ko‘lami va foydalanilgan texnologiyalar hozirgi darajada bo‘lmagan edi. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra hozirda sayyoramizda yashovchi har bir inson boshiga qariyb uch yarim tonna yadro portlatgichiga to‘g‘ri keladigan manba mavjud. Bu Er sayyorasidagi butun tiriklikni 15 marta yo‘q qilib yuborishga qodir havf degani. YAdro quroliga ega bo‘lishga intilayotgan davlatlar miqdorining ortib borishi bu muammoni yanada kuchaytirmoqda. Qurollarning yangi turlari: nurli, infratovushli, genetik, psixotrop qurollarning yaratilishi insoniyat sivilizatsiyasini yo‘q qilish vositalari ortib borayotganligidan dalolatdir. YAna bir yadro manbasi bilan bog‘liq havf AES lardir. Hozirda sayyoramizda 430 ta AES faoliyat yuritmoqda va bu butun insoniyat sivilizatsiyasiga barham berishi mumkin bo‘lgan yashirin havf bo‘lib qolmoqda.
Kompyuterda yaratilgan modellarda ancha aniq hisoblab chiqilgan mazkur konsepsiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, jahonda Erdagi hayotni butunlay yo‘q qilish uchun etarli miqdorda yadro zaryadlari to‘plangan. Ular portlatilgan taqdirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlantiruvchi ta’sirdan tashqari havoga son-sanoqsiz miqdorda chang, tutun va kul ko‘tariladi va ularning qalin pardasi sayyoramizni quyosh nurlaridan butunlay to‘sib qo‘yadi. Bu atmosfera va Er yuzasining temperaturasi keskin pasayishiga sabab bo‘ladi va uni muz bosishiga olib keladi. Bu konsepsiyaga ko‘ra hozirda yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar o‘rtasida urush yuzaga kelguday bo‘lsa, g‘olib tomon ham, mag‘lub tomon ham bo‘lmaydi, faqat insoniyat mag‘lub bo‘ladi, holos. “YAdro qishi” konsepsiyasi odamlarni ular yangi xavf darajasini anglab etishga va sivilizatsiyani qutqarish uchun harbiy kuch ishlatishdan voz kechib, choh yoqasidan uzoqlashishga qodirmi, degan savolga javob berishda muqobildan uzil-kesil mahrum qildi.
Global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlarni keskin kamaytirishni ham taqozo etadi. Negaki, 1900 yildan beri harbiy ishga ajratilgan mablag‘lar 30 martadan ko‘proq oshib, 90-yillar boshida 500 mlrd dollardan ham yuqori bo‘ldi. Harbiy yoki u bilan bog‘liq ishlab chiqarish sohalarida 60mln. kishi faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, muntazam qo‘shinlarda 25 mln. dan ortiq shaxsiy tarkib, 10 mln.yarim harbiy qo‘shilma, harbiy muassasalarda ishlovchi 5 mln. fuqaroviy kasb egasi bor. Hozirgi vaqtda oddiy qurol yarog‘larning ham vayronlik keltiruvchi kuchi yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda.



Download 4,4 Mb.
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   311




Download 4,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining xilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar

Download 4,4 Mb.