HOZIRGI ZAMON XALQARO MUNOSABATLARI VA UMUMBASHARIY MUAMMOLAR
Reja:
1. Xalqaro munosabatlar tushunchasi va tarkibi
2. Umumbashariy mummolar, asosiy sohalari va ularning xususiyatlari
3. Umumbashariy va regional muammolarni hal qilish yo‘llari va xalqaro hamkorlik
Tayanch tushunchalar
Xalqaro munosabatlar, iqtisodiy integratsiya, xalqaro siyosiy munosabatlar, xalqaro madaniy hamkorlik, globallashuv, global muammolar, global havsizlik muammosi, global ekologik muammolar, xalqaro konsensus.
Xalqaro munosabatlar tushunchasi va tarkibi. Ijtimoiy munosabatlar har qanday jamiyatning hayot kechirish shartidir. Insonlar turli ehtiyojlarini qondirishi uchun ijtimoiy munosabatlarga kirishadilar. Ijtimoiy munosabatlar alohida olingan konkret jamiyatdagi insonlar o‘rtasida kechishi bilan birga, turli jamiyatlar o‘rtasida ham kechishi zarurdir. Insonlar alohida yashay olmaganlari kabi jamiyatlar ham alohida rivojlana olmaydilar. Turli jamiyatlar integratsiyasi ijtimoiy munosabatlarning xalqaro miqyosiga asoslanadi. Xalqaro ijtimoiy munosabatlar odatda xalqaro munosabatlar tushunchasi bilan ifodalanadi.
Xalqaro munosabatlar — xavfsizlik, barqarorlik va rivojlanishni ta’minlash maqsadida davlatlar, xalqlar, xalqaro tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shakl va metodlari, siyosiy, huquqiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar tizimidir.
“Xalqaro munosabatlar” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Masalan, xalqaro munosabatlar:
- davlat tizimlari va davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, diplomatik va boshqa aloqalar hamda munosabatlar, shuningdek jahon maydonida harakatlanuvchi asosiy sinflar, asosiy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kuchlar, tashkilotlar va jamoatchilik harakatlari, umuman, keng ma’noda xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar majmuidir392 ;
- inson hamjamiyatini shakllantiruvchi integratsion aloqalar majmui393;
Davlatlar va nodavlat tashkilotlari, partiyalar, kompaniyalar va turli davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi munosabatlar394, degan bir qancha ta’riflar mavjud.
Bu ta’riflarning hech biri ob’ekt mazmunini to‘la ochib bera olmagan. Ularning vazifasi faqatgina obekt haqida dastlabki tasavvurni berishdan iborat. SHuning uchun tadqiqotchilar xalqaro munosabatlar tushunchasini talqin etisharekan, nafaqat unga mukammal ta’rif berishga, balki uningmohiyati va spetsifikasini aniqlab olishga yordam beruvchi kriteriyalarni ajratishga intilishadi.
Xalqaro munosabatlar tushunchasini ta’riflashga oid qayd etilgan yondashuvlar farqli xulosalarga olib kelishi mumkin va bunda o‘ziga xos har biri ustunlik va kamchiliklarga ega. Umuman olganda, xalqaro munosabatlarning turlicha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Xalqaro munosabatlar, shuningdek sinfiylik mezoni, hukmronlik va tobelik munosabati, hamkorlik, o‘zaroyordam va o‘zgaruvchan munosabatlar asosidatasniflanishi mumkin. Xalqaro munosabatlar:
ijtimoiy hayot sohasi bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, harbiy-strategik, madaniy, mafkuraviy va boshqa munosabatlarga ajratiladi;
ishtirokchilarga bog‘liq ravishda davlatlararo munosabatlar, turlicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar va hokazolar tasniflanadi;
intensivlik va rivojlanish darajasi asosida (yuqori, o‘rta, past) darajalarga bo‘linadi;
geosiyosiy o‘lchov asosida global, mintaqviy (Yevropa, Osiyo va b.) xalqoro o‘zaro ta’sirning submintaqaviy darajasi ajratiladi;
keskinlik darajasi nuqtai nazaridan - barqarorlik va beqarorlik holati; ishonch va dushmanchilik, hamkorlik va nizo, urush va tinchlik va hokazolar tasniflanadi.
Xalqaro munosabatlarning fanga ma’lum barcha tiplari, ko‘rinishlari, darajalari va holatlari majmuasi ijtimoiy munosabatlarning alohida turi sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining spetsifikasi sababli xalqaro munosabatlarning ishtirokchisi tarzidagi u yoki bu ijtimoiy jamoaga xos ijtimoiy munosabatlardan farq qiladi. SHu jihatdan xalqaro munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarni hududiy tuzilmalar doirasidan chekkaga chiquvchi ichki ijtimoiy munosabatlarning o‘zaro harakati turi sifatida ta’riflash mumkin.
Xalqaro munosabatlar bir necha yo‘nalishdagi munosabatlarni qamrab oladi:
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- xalqaro siyosiy munosabatlar;
- xalqaro madaniy munosabatlar;
- xalqaro xuquqiy munosabatlar.
Xalqaro munosabatlar haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun bu masala falsafiy, ijtimoiy, psixologik, tarixiy, siyosiy jihatlardan tahliliy yondashish lozim bo‘ladi. Bu hol tadqiqotchilarning siyosiy jarayonlarga, voqelik va hodisalarga mustaqil, tajribaviy yondashishini taqozo qiladi. SHu sababli xalqaro munosabatlarning dolzarb muammolarini tahlil qilishda xalqaro siyosat nazariyasi qoidalariga va taraqqiyotning hozirgi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi uchun ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarga urg‘u beriladi.
|