|
Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o‘zaro muvofiqligi.
Germenevtika
|
bet | 235/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAGarmoniya – bir butun narsa qismlarining o‘zaro muvofiqligi.
Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o‘zga individuallikni tushunish san’ati.
Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Gnoseologiya – bilish nazariyasi.
Deduksiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo‘lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo‘l bilan keltirib chiqariladi.
Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog‘langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o‘zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.
Diskret – uzlukli.
Differensiatsiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo‘linishi, parchalanishi, ajralishi.
Ideal – mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Ierarxiya – bir narsaning funksional ahamiyati yoki xizmat mavqeiga ko‘ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo‘ysunishi.
Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi
Izotrop – barcha yo‘nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
Integratsiya – birlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o‘ziga, o‘z ichki dunyosiga qarab mo‘ljal oluvchi.
Imitatsiya – taqlid qilish, soxtalashtirish.
|
| |