Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/58
Sana30.11.2023
Hajmi325,56 Kb.
#108426
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

3. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida 
kasbiy muloqot va psixologik aloqa o‘rnatish 
Kasbiy muomala har bir huquqni muhofaza qilish organlari xo-
dimi faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham muoma-
laning har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala-
ning qonuniyatlariga suyangan holda, shaxslararo munosabatga kiri-
shadi. Bu muloqot jarayonida xodimning har bir bilish sifati (xotira, 
diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xo-
dimning mantiqiy fikrlashiga, o‘tmishdagi vaziyat bilan bog‘lashiga, 
o‘zaro solishtirish va qiyoslash malakasiga, obyekt va sharoitni mu-
kammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.
Muloqot turlarining keng ravishda amalga tatbiq qilinishi muloqot 
jarayonida insonning holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xohlagan ax-
borotni muloqot jarayonida to‘liq ravishda berish, uning to‘g‘ri yetib 
borganligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va 
muloqot jarayonini faollashtiradi. 
Har bir muloqotning bir nechta maqsadi bo‘ladi: 
131


 faktlarni va shaxsning bu faktlarga bo‘lgan munosabatini aniq-
lash; 
 tarbiyaviy maqsad, ya’ni qonunni hurmat qilish; 
 ziddiyatli holatlar muloqotda, ya’ni ikkala tomonning qiziqish-
lari bir joydan chiqmasligi natijada muloqotda formallik, yuzakilik 
vujudga keladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimi odamlar bilan muloqot 
qilishi uchun quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo‘lishi 
kerak: 
– notanish shaxslar bilan tez fursat ichida aloqa o‘rnata olish va 
ularga ma’qul bo‘lish; 
– boshqa shaxslar gapini eshita bilish qobiliyatiga ega bo‘lish; 
– odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata bilish qobiliyati
– muloqot jarayonida shaxs bilan psixologik to‘siqlarni bartaraf 
etish qobiliyati. 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining shaxslar bilan 
psixologik aloqa o‘rnatishi o‘ziga xos psixologik xususiyatga egadir. 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari psixologik aloqa o‘rna-
tishning samarasi sifatida fuqarolarning hamjihatligi va hamkorligida 
namoyon bo‘ladi. Aloqa o‘rnatishning ijobiy yakunlanishi bo‘lajak 
muloqotning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Aloqa o‘rnatish 
subyektning muloqotga kirishishi, uning tayyorgarlik darajasi, anglash 
xususiyati, ma’lumotning qayta ishlanishi va ishonchli ma’lumotlarni 
ayriboshlash natijasida namoyon bo‘ladi.
Psixologik aloqa o‘rnatishning bir necha bosqichlarini ko‘rib o‘ti-
shimiz mumkin: 
1) bo‘lajak muloqotni bashorat qilish; 
2) aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish
3) tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi; 
4) umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash; 
5) muomaladagi og‘ishlarni bartaraf etish; 
6) individual ta’sir etish. 

Download 325,56 Kb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida

Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish