yordam beradi.
Shuningdek, shaxsning shunday emotsional-psixolo-
gik sifatlari mavjudki, ular psixologik aloqa o‘rnatishga salbiy ta’sir
etadi: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, agressivlik,
yashirin xarakter, gumon-
sirash va boshqalar.
Quyidagi keltirilgan sifatlar bashorat qilish davrida inobatga
olinishi kerak.
Aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish. Muloqotda
namoyon bo‘ladigan har qanday holatda tashqi
omillar ijtimoiy vazi-
yatlarga mos tushishi zarur. Suhbatdoshingizga biror-bir narsa xalaqit
berishi va uni chalg‘itmasligi kerak. Suhbat chog‘ida ishonchlilik mu-
hiti saqlab qolinishi shart.
Tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo‘lishi. Nutq ma-
daniyati, mimika, tashqi ko‘rinish psixologik aloqa o‘rnatishda
ijobiy
natija beradi. Suhbatdoshingizda ham shunga qarab ijobiy emotsional
holatlar yuzaga keladi, bu esa aloqa o‘rnatishda
zarur omillardan biri
bo‘lib hisoblanadi. Suhbatdosh bilan muloqotning boshidan hamfikr
bo‘lishga harakat qilinishi kerak.
Umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash. Muloqotning
boshida shaxs bilan umumiy til topish muhimdir. Bu vazifani hal
etishda
umumiy va shu bilan birga, neytral qiziqishlar doirasini aniq-
lash yordam beradi. Masalan, tangalar,
markalarni kolleksiya qilish,
sport, sayohat va boshqa qiziqishlar. Umumiy qiziqishlar va ularni
qidirib topish ijobiy emosional holatlarga olib keladi. Bu o‘z-o‘zidan
muloqotda suhbatdoshni yaqinlashtiradi. Neytral qiziqish va qiziqish-
lar psixologik iqlimni yengillashtiradi va mavqeini tenglashtiradi.