boshlanishi va qishki sovuq tushishi oldidan o‘zlarining
normal hayot
kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ancha mos keladigan
harorat saqlanadigan chuqur in qazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu
o‘rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o‘ziga suv sepa boshlaydi, qalin
soyaga yashirinadi, maymun ham issiqdan saqlanishi uchun imkon
beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bu o‘rinda
instinktlardan ko‘ra hayvonlar individual hayot
kechirishida orttirgan
tajriba – shartli bog‘lanishlar ta’sir qiladi.
O‘simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolutsiyasining barcha
bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in’ikosning alohida, biologik
shakli – ta’sirlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik
organizmning biologik ahamiyatiga ega bo‘lgan (biotik) ta’sirga javob
berish qobiliyati demakdir.
Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir hujayrali tirik organizmdayoq
seziladi. Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradi.
Muhit biotik ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lib, buning natijasida jonli
organizmda
protoplazmaning
xossasi o‘zgaradi. Qo‘zg‘atish ta’siriga
uchraydigan o‘zini tartibga soluvchi tizim
sifatida tirik hujayrada
qidiruv harakatlari hosil bo‘ladi.
Biotik omillarga nisbatan o‘ziga xos harakatlar bilan javob berish
usullari
tropizmlar
yoki
taksislar
deb ataladi. Uning fototropizm –
jonli organizmning yorug‘lik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi;
termotropizm – issiqlik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi; xe-
motropizm – muayyan fizikaviy-kimyoviy muhitni tanlash tendensiya-
si; topotropizm – mexanik usul bilan qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida
harakatlanish tendensiyasi kabi turlari va boshqa bir qancha tropizmlar
mavjuddir. O‘simliklarning biologik in’ikos etish shakli o‘zini tartibga
solishga yordam beradigan tropizmlarning mavjudligi bilan mukam-
mallik kasb etadi.
Hayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi
– sezuvchanlik paydo bo‘ladi. A. N. Leontyevning faraziga ko‘ra, se-
zuvchanlik ginetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa
ta’sirlar bilan bog‘lovchi, singallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlarga ja-
vob ta’siridan bo‘lak narsa emas.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda sezuvchanlik oshib, sezgi
organlari shakllanadi. Narsalarning o‘ziga (biron-bir
organik ehtiyojli,
ular yordamida qoldirib bo‘lmasligi ma’nosida) ahamiyatsiz belgilari
27
(hidi, shakli, rangi) signallik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun
ham ma’lum bir sharoitlarda hatto oddiy hayvonlar ham biotik ta’sir-
lardan emas, balki mazkur muayyan vaziyatda turli xildagi biotik
ta’sirlar ro‘y berayotgani haqida signal berishi mumkin bo‘lgan biotik,
indeferent ta’sirlardan ham ta’sirlana boshlashi mumkin.
Onadan tug‘ma ravishda qolgan xatti-harakatlarga