xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda
ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter
xislatlari nihoyat daraja-
da barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin ke-
chadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko‘p
jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Inson-
ning rostgo‘ylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan
bo‘lib, uning ongli qarashlariga, aqidalariga mos tushsa,
u holda har
qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi.
Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning
ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter
xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi.
Xuddi temperament kabi xarakter ham kishining fiziologik xusu-
siyatlariga va, avvalo,
asab tizimi
turiga bog‘liqdir. Chunki xarakter
bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik asoslari
bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon
bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan
vaqt mobaynida kechishi
dinamik
xususiyat
deyiladi.
Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyat-
lariga bog‘liqdir. Temperamentning xususiyatlari xarakterning
muayyan tomonlari rivojlanishiga
qarshilik ko‘rsatishi
yoki
yordam
berishi
mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda,
flegmatik tipdagi odam o‘zida tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib
toptirishi qiyinroqdir. Jur’atsizlik va vahimani bartaraf etish melan-
xolik uchun jiddiy muammo hisoblanadi.
Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda
o‘zini tuta bilishni va o‘ziga tanqidiy ko‘z
bilan qarashni, sangvinik-
larda sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay
sharoitlar yaratadi
1
.
Xarakter kishining xulq-atvor dasturidir. Kishining faoliyati,
uning xulq-atvori, eng avvalo, uning o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlari
bilan belgilanadi va shaxsining yo‘nalganligi – qiziqishlari, ideallari
va e’tiqodining majmui doimo uning xulq-atvori va faoliyatining
asosiy determinanti bo‘lib qoladi.
1
Umumiy psixologiya / A. V. Petrovskiy tahriri ostida. – T., 1992. – 467-b.
89
Biroq shaxs yo‘nalishida ko‘plab umumiylik bo‘lgan va maq-
sadlari bir-biriga to‘g‘ri keladigan ikki kishida ana shu maqsadlarga
erishish uchun ular foydalanayotgan usullarda jiddiy farqlar bo‘lishi
mumkin. Ana shu farqlar ortida shaxs xarakterining xususiyatlari
turadi. Kishining xarakteridagi tipik holatlarda go‘yo uning xulq-
atvori uchun tipik dasturning poydevori qo‘yilgan bo‘ladi.
Shunday qilib, xarakterning
xususiyatlari muayyan undovchi, vaj-
sabab bildiruvchi kuchga ega bo‘ladi, bu kuch ko‘pincha xatti-harakat
usulini tanlash, muayyan qiyinchiliklarni yengish zarur bo‘lgan
vaqtlarda, stress holatlarida eng ko‘p darajada namoyon bo‘ladi.