Temperamentning fiziologik asoslari




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/58
Sana15.05.2024
Hajmi325,56 Kb.
#233885
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Temperamentning fiziologik asoslari.
 
Qadimgi yunon olimi 
Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari 
jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi 
suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq. 
Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud 
bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha chole), qon (lotincha sanguis 
yoki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas – qora, chole – o‘t), bal-
g‘am (yunoncha – phlegma) kabilardan iboratdir. Uning mulohaza-
siga:
1) o‘tning xususiyati – quruqlik, uning vazifasi tana a’zolaridagi 
quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutish;
2) qonning xususiyati – issiqlik, uning vazifasi tanani isitib turish;
3) qora o‘tning xususiyati – namlik, uning vazifasi tana namligini 
saqlab turish; 
4) balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati – sovuqlik, 
uning vazifasi badanni sovutib turishdan iborat. 
Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik 
mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida 
yaratiladi hamda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Tempera-
mentning fiziologik asoslariga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan olim-
lardan biri rus fiziologi I. P. Pavlov hisoblanadi.
I. P. Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining indi-
vidual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘li-
shi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I. P. Pavlov ta’limoti bo‘yicha, 
shartli reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga 
chiqishining sabablari asab tizimi xususiyatlari mohiyatidandir. 
82


Muallif asab tizimining uchta asosiy xususiyatiga alohida aha-
miyat beradi, chunonchi: 1) qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish 
(to‘xtalish) jarayonining kuchi; 2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozla-
nish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlik darajasi (asab tizimining muvoza-
natlashgani); 3) qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan almashinish tezli-
gi (asab jarayonlarining harakatchanligi). Uning ko‘rsatishicha, har bir 
hayvonning temperamenti ham mazkur xususiyatlarning u yoki buni-
siga aloqador bo‘lmay, balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy 
birlashuviga bog‘liqdir.
I. P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari 
bilan temperamentga aloqador asab tizimi xususiyatlarining o‘zaro 
qo‘shiluvini asab tizimining turi deb nomlaydi va uni to‘rtta turga 
ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz, 
epchil; ) kuchli, muvozanatli, sust; d) kuchsiz tur. 
Gippokratning to‘rt xil modda (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni 
«temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, 
flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasi-
da ham qo‘llanib kelinmoqda. 
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan 
tavsiflanadi) 
sangvinik 
temperament deb ataladi (lotin tilidagi «sang-
vis» – qon so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda 
flegmatik 
temperament 
(yunoncha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘pay-
ganligini xolerik temperament (yunoncha «xola» – o‘t so‘zidan); qora 
o‘t ko‘p bo‘lganda 
melanxolik 
temperament deb (yunoncha «melayna 
xole» – qora o‘t) deb ataladi. 
Kishi temperamenti haqidagi tasavvur, odatda, shu shaxsning 
ayrim psixologik xususiyatlari asosida vujudga keladi. 
Sezgilari psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan vazifa-
larga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o‘zgartirishga 
intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, 
jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan kishi 
sangvinik 
deyiladi. 
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va 
chuqurroq his-tuyg‘ularga ega, harakatlari va nutqi bir xil maromda 
bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomondan ifoda etadigan kishi 
flegmatik 
deb ataladi. 
83


Juda g‘ayratli, ishga juda ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyat-
ning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi 
xolerik deb ataladi. 
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo 
atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata ola-
digan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar 
melanxoliklar 
deb ataladi. 
Kishilarning oliy asab faoliyati turlarini tavsiflovchi asab jarayon-
lari kuchi, muvozanati va harakatchanligining u yoki bu nisbati ular 
temperamentining fiziologik asosidir. 
I. P. Pavlov o‘rganish uchun oliy asab tizimini oldi. Uning fikri-
cha, shartli reflekslar asab tizimining xususiyatlari asosida paydo bo‘-
ladi. I. P. Pavlov ana shunday xususiyatlarning uchtasini ajratib ko‘r-
satadi: 
1) qo‘zg‘alish va tormozlanish jaryonining kuchi; 
2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvoza-
nat darajasi; 
3) qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashish tezligi yoki 
boshqacha qilib aytganda, asab jarayonining harakatchanligi. 
Muvozanat qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish jarayonining 
muayyan tengligidir. Bu jarayonlar kuch jihatidan bir-biri bilan 
muvozanatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. 
Harakatchanlik bir jarayonning boshqa jarayonga almashish tezli-
gidir. U sharoitning tasodifiy va tez o‘zgarishiga ko‘nikishni ta’min-
laydi. 
I. P. Pavlov shu narsani aniqlaydiki, temperament yuqorida aytil-
gan xususiyatlarning bittasiga emas, balki ularning birikmasiga bog‘-
liq. Temperamentni aniqlaydigan asab tizimi xususiyatlarining bunday 
uyg‘unlashganligi asab tizimining turi deb ataladi. Asab tizimining 
asosan, to‘rt turi bor. Ulardan uchtasi kuchli va bittasi kuchsizdir: 
1) kuchli, muvozanatsiz, behalovat – xolerik; 
2) kuchli, muvozanatli, epchil – sangvinik; 
3) kuchli, muvozanatli, sust – flegmatik; 
4) kuchsiz – melanxolik. 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida tem-
peramentning o‘rni beqiyosdir. Shuni unutmaslik kerakki, tempera-
mentning yaxshi yoki yomon ko‘rinishi mavjud emas. Chunki har bir 
84


temperament turi o‘ziga xosdir. Turli jabhalarida xizmat burchini ba-
jarayotgan huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari 
faoliyatida turli xildagi temperament vakillarini ko‘rishimiz mumkin.

Download 325,56 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Download 325,56 Kb.
Pdf ko'rish