Tug‘ma layoqat
jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analiza-
torlarining alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir.
Shaxs muayyan tabiiy layoqatga ega bo‘lsa, u holda o‘ziga
taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish nisbatan oson kechadi. Inson-
larning kasbiy qobiliyati ular layoqatlarining rivojlanish mahsulidir.
Layoqat ko‘p qirrali psixik hodisa bo‘lganligi tufayli,
faoliyat talab-
larining xususiyatiga bog‘liq ravishda, bir xil layoqatlar negizida har
xil qobiliyatlar rivojlanishi kuzatiladi.
Qobiliyatning rivojlanishi shaxsning tarkib topishi bilan uzviy
uyg‘unlikka ega bo‘lib, inson kamoloti har ikkala omilning o‘zaro
hamkorligini talab qiladi. Iste’dodli o‘quvchilar
va talabalar shakllani-
shi ijtimoiy muhit, ijtimoiy institutlar, ma’naviyat asoslari hamda
o‘zini o‘zi
namoyon etish, o‘zini o‘zi kashf qilish, o‘zini o‘zi rivojlan-
tirish asosida amalga oshishi odatiy ijtimoiy psixologik qonuniyat
tariqasida xizmat qiladi.