|
-bob. Boshqarma vazifalari va funksiyalari
|
bet | 2/5 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 35,9 Kb. | | #272807 |
Bog'liq yashil iqtisodiyot2-bob. Boshqarma vazifalari va funksiyalari
7. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini va 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturi amalga oshirilishini hamda unda nazarda tutilgan tadbirlar boʻyicha masʼul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarini keng joriy qilishga koʻmaklashish va ulardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash;
d) resurslarni tejovchi va yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha samarali mexanizm va zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilishga, shu jumladan, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida chiqindisiz ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish;
e) davlat, xususiy va nodavlat sektorlariga ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) tamoyillarini tatbiq qilish;
f) tabiiy resurslarni samarali ishlatish, bioyoqilgʻi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va boshqa “yashil” texnologiyalar asosida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
g) iqtisodiy islohotlarda barqaror va “yashil” oʻsish tamoyillarini tatbiq qilishni taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish;
h) “yashil” iqtisodiyotga oʻtish doirasida xalqaro hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, texnik va moliyaviy koʻmaklarini jalb qilish;
i) Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq, Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
j) “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning normativ-huquqiy asosini takomillashtirish;
k) ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash.
8. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini va 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturi amalga oshirilishini hamda unda nazarda tutilgan tadbirlar boʻyicha masʼul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha:
“yashil” iqtisodiyotni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha hisobotlar yuritishning oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish holati boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash hamda Strategiya va Dastur bilan belgilangan vazifalarning bajarilishida yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Strategiya va Dasturda belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan istiqbolli loyiha takliflarini shakllantirish;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning respublika va hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri asosiy indikatorlarini kompleks tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yoʻllarini hamda nomutanosibliklarni aniqlash;
tizim xodimlarining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va uni rivojlantirish boʻyicha bilim va malakasini muntazam ravishda oshirish hamda ish yuritishda “yashil” mexanizmlarni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning fikrlari, takliflarini oʻrganish va tahlil qilish, shu asosda ularni hal etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
“yashil” rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha OAV, vazirlikning rasmiy sayti uchun maʼlumotlar tayyorlash;
b) iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarini keng joriy qilishga koʻmaklashish va ulardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash:
“yashil” texnologiyalarni rivojlantirishda xususiy sektor hissasini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
“yashil” texnologiyalarning joriy etilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar va hisobotlar yuritilishini taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
“yashil” texnologiyalarni tatbiq etishda ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash va monitoring olib borish;
“yashil” texnologiyalarning keng qoʻllanilishini rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlash dasturlari, oʻsish koʻrsatkichlari hamda ularning ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishini tahlil qilib borish;
aholining “yashil” texnologiyalardan foydalanish boʻyicha bilim va malakalarini muntazam ravishda oshirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
d) resurslarni tejovchi va yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha samarali mexanizm va zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilishga, shu jumladan, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida chiqindisiz ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan atrof-muhitga taʼsiri yuqori boʻlgan obyektlar hududida monitoring olib borish va zarur boʻlganda ishlab chiqarish jarayonlarini oʻzgartirib, ularning taʼsirini kamaytirish maqsadida atmosfera havosidan namunalar olish va tahlil qilish avtomatik stansiyalarni oʻrnatishga koʻmaklashish;
energiya samarador va energiya tejamkor qurilmalarni xarid qilishda imtiyozlar qoʻllash takliflarini tayyorlashda ishtirok etish;
zamonaviy bioyoqilgʻi ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻrganib borish va respublikada tatbiq qilishga koʻmaklashish;
“yashil” texnologiyalarning qoʻllanilishi boʻyicha statistik va tahliliy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy oʻzgarishlardan kelib chiqib yangilab borish;
|
| |