|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
|
bet | 5/5 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 35,9 Kb. | | #272807 |
Bog'liq yashil iqtisodiyot4. Boshqarmaning tuzilmasi
11. Boshqarmaning tuzilmasi Iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
12. Boshqarma boshligʻi, ikki nafar boʻlim boshligʻi va toʻqqiz nafar bosh mutaxassisdan iborat.
13. Boshqarma boshligʻi:
boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi;
boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat olib boradi;
xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada bajarilishini nazorat qiladi;
shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga oʻtkazish va ishdan boʻshatish, boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash, xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam koʻrsatish, shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki muddatida ijrosini taʼminlamagan xodimlarga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisida Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritadi;
qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqarma faoliyatiga tegishli boshqa masalalarni hal qiladi.
14. Boshqarma boshligʻi, boʻlim boshliqlari, bosh mutaxassislar belgilangan tartibda vazir tomonidan lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Oylik ustama ish haqi, uzoq muddat ish faoliyati uchun qoʻshimcha toʻlov Iqtisodiyot va moliya vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
5-bob. Boshqarma xodimlarining javobgarligi
16. Boshqarma xodimlari qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi uchun Boshqarma tomonidan tayyorlangan hujjatlar uchun javobgardir.
17. Oʻz vazifalari va funksiyalarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Boshqarma xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
6-bob. Yakuniy qoidalar
18. Mazkur vaqtinchalik nizomga asoslantirilgan takliflar asosida Iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
|
| |