|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
|
bet | 3/5 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 35,9 Kb. | | #272807 |
Bog'liq yashil iqtisodiyote) davlat, xususiy va nodavlat sektorlariga ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) tamoyillarini tatbiq qilish:
atrof-muhitga zararli tashlamalarni eng koʻp chiqarayotgan iqtisodiyot tarmoqlarida “toza” texnologiyalar bilan qayta jihozlash yuzasidan tegishli takliflarni kiritib borish;
resurs tejovchi va yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga va “yashil” texnologiyalarni barcha sohalarga faol joriy qilishga, shu jumladan, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish hamda chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini keng joriy qilishga koʻmaklashish;
vazirlik va idoralar bilan “yashil” texnologiyalarga oʻtishga asoslangan “yashil” loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlarni belgilash hamda iqtisodiy oʻsish va yangi ish oʻrinlari yaratilishiga taʼsirini baholash;
iqtisodiyot tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
f) tabiiy resurslarni samarali ishlatish, bioyoqilgʻi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va boshqa “yashil” texnologiyalar asosida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga koʻmaklashish:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish va energiya isteʼmolida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirishga koʻmaklashish;
energiya samaradorligi past boʻlgan, maʼnan eskirgan maishiy texnikalar, yuk transporti va qishloq xoʻjaligi maxsus transporti vositalarining kam xarajatlilariga almashtirilishi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
suv resurslarini tejovchi, olis masofalarga yetkazib beruvchi zamonaviy texnologiyalarning joriy qilinishiga koʻmaklashish;
maishiy, texnogen, qurilish va boshqa chiqindilar eng koʻp tashlanayotgan hududlarda qayta ishlash va qayta ishlatish komplekslarini barpo etish boʻyicha takliflar kiritish;
g) iqtisodiy islohotlarda barqaror va “yashil” oʻsish tamoyillarini tatbiq qilishni taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish:
milliy miqyosda issiqxona gazlari emissiyalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi (MRV) tizimini yaratish va rivojlantirish;
iqlim oʻzgarishining iqtisodiyot tarmoqlariga boʻlgan taʼsirini baholab borish hamda uning salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqlim oʻzgarishi va “yashil” oʻsish omillarini inobatga olgan holda makroiqtisodiy modellashtirish va prognozlashtirish jarayonida ishtirok etish;
Vazirlik tizimi faoliyatiga “yashil” yechimlarni tatbiq etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi rolini oshirishda ishtirok etish;
maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda maʼlumotlar bilan toʻliq va sifatli taʼminlab borishni nazorat qilish;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishda xususiy sektor hissasini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
mamlakatda issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish va uglerod kvotalari savdosini rivojlantirish va yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ular boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
h) “yashil” iqtisodiyotga oʻtish doirasida xalqaro hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, texnik va moliyaviy koʻmaklarini jalb qilish:
xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash va “yashil” rivojlanish modeliga oʻtish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish borasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan ishlarda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish;
xalqaro tajribadan kelib chiqib “yashil” oʻsish hamda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha ilgʻor tajribalarni mamlakatda tatbiq qilish maqsadida texnik va moliyaviy koʻmaklarni jalb qilish;
i) Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq, Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish:
xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Parij bitimi 6-moddasiga muvofiq, qisqartirilgan issiqxona gazlari sotuvini (Carbon Trade) va savdo tizimini yoʻlga qoʻyish mexanizmi amalga oshirilishini tashkil qilish;
xalqaro uglerod bozorlarida mamlakatning ishtirokini taʼminlash hamda bozor narxlari asosida respublika tomonidan qisqartirilgan issiqxona gaz emissiyalarini (Carbon Credit) sotishni yoʻlga qoʻyish;
issiqxona gazlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha xorijiy davlatlar bilan davlatlararo kelishuvlarga erishish;
j) “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning normativ-huquqiy asosini takomillashtirish:
“yashil” iqtisodiyot yoʻnalishini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda xatlovdan oʻtkazish va zarur boʻlgan hollarda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
mamlakatda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlari, rivojlanish dasturlari, oʻsish koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etish;
k) Ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash borasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, takliflarni tayyorlash va ularda koʻtarilgan masalalarni hal qilishni tashkil etish, boshqarma tomonidan nazorat qilinadigan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshirish;
boshqarma xodimlari tomonidan qamrab olingan masalalar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda maʼlumotlar bilan toʻliq va sifatli taʼminlab borishni nazorat qilish;
ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (Ijro.gov.uz) hamda Elektron hujjat almashish avtomatlashtirilgan axborot tizimi (edo.ijro.uz) orqali boshqarmaga kelib tushgan topshiriqlarning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlab, dasturga kiritish;
vazirlikning buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlik markaziy apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma hamda ushbu sohadagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritishni (kiruvchi va chiquvchi yozishmalarni hisobga olish) tashkil etadi.
“yashil” rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha OAV, vazirlikning rasmiy sayti uchun maʼlumotlar tayyorlash hamda aholini “yashil” texnologiyalardan foydalanish boʻyicha bilim va malakalarini oshirish;
tegishli vazirlik va idoralar bilan atrof-muhitga taʼsiri yuqori boʻlgan obyektlarni monitoring qilish va “toza” texnologiyalar bilan qayta jihozlash yuzasidan tegishli takliflarni kiritib borish;
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy tusdagi maʼlumotlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
boshqarma unga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
|
| |