|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
|
bet | 1/5 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 35,9 Kb. | | #272807 |
Bog'liq yashil iqtisodiyot
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirining
2024-yil “__” _______ dagi
___-sonli buyrugʻiga
___ -ilova
|
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish va rivojlantirishni
muvofiqlashtirish boshqarmasi toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish hamda 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish Strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha masʼul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, xususan, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va barqaror “yashil” iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, “yashil” texnologiyalardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Boshqarmasi asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini, majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish va javobgarligini belgilaydi.
3. Boshqarma Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
4. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va Qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, Vazirlikning buyruq va koʻrsatmalariga, shuningdek, Vazirlik toʻgʻrisidagi Nizom va ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Boshqarma faoliyati yuzasidan bevosita Iqtisodiyot va moliya vaziriga
va vazirning birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi hamda ularning rahbarligida oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
6. Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarni Vazirlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradi.
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
7. Boshqarma oʻz tarkibiy tuzilmasida “Yashil texnologiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash” va “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish” boʻlimlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda biriktirilgan vazifa va topshiriqlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlaydi.
|
| |