|
-bob. Boshqarmaning huquq va majburiyatlari
|
bet | 4/5 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 35,9 Kb. | | #272807 |
Bog'liq yashil iqtisodiyot3-bob. Boshqarmaning huquq va majburiyatlari
9. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hukumat qarorlari loyihalarini, prognozlar va maqsadli dasturlar loyihalarini tayyorlash va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibiy boʻlinmalari va tarmoq boshqarmalaridan Boshqarma vakolatiga kiruvchi ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (rejalar, hisobotlar, maʼlumotlar va h.z.) olish;
boshqarmaning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa tashkilotlar va muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
oʻrnatilgan tartibda boshqarma vakolatiga taalluqli masalalarda davlat tashkilotlari, boshqa tashkilot va muassasalar bilan aloqada vazirlikning manfaatlarini belgilash;
vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda respublikada “yashil” iqtisodiyot”ni targʻib qilish va joriy etish jarayonida ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish, xulosalar, tavsiyalar va takliflar tayyorlash;
“yashil” iqtisodiyot”ni rivojlantirish boʻyicha loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish;
boshqarmaning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar va tavsiyalar berish;
“yashil” iqtisodiyot”ni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengashning vakolatlariga kiradigan masalalarni hisobga olgan holda ishchi guruhlarning ishida ishtirok etish;
metodologik materiallar va tavsiyalar loyihalarini, shuningdek, respublikada “yashil” iqtisodiyot”ni joriy etishga taalluqli meʼyoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ushbu yoʻnalishdagi loyihalarni vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
boshqarmaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarning moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning malakasini oshirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish.
10. Boshqarmaning majburiyatlari:
vazirlik rahbariyati (vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosarlari) koʻrsatmalarini oʻz vakolati doirasida vaqtida bajarish;
unga ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni oʻz vaqtida, sifatli va samarali bajarish;
ish yuritishda ijro intizomiga qatʼiy rioya etish, asosan nazoratda boʻlgan hujjatlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish va ularga javob berish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
boshqarma xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
|
| |