|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 168/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaQo`shimcha qism: bolalarga o`zining g`ayrioddiy mebelini yasash taklifini berish.
E`tiborga molik jihati: bolalarda konsruktivlayoqatlarining shakllanishi, ijodiy tasavvurining rivojlanishi
Qurish-yasash va matematika markazi
Qog`oz konstruksiyasi va tashlandiq materiallardan sandiq yasash.
Maqsad: qog`oz yokiqog`oz qutidan sandiq yasash. To`g`ri proporsiyani e`tiborga olgan xolda qog`oz yoki karton qog`ozni tasviriy fikrlash orqali taxlil qilib taxlash usullarini amalga oshira oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: tashlandiq material, karton, qog`oz, qaychi, yelim, skotch.
Faoliyatning borishi:
Sandiqni yasash va terish sxemasini ko`rib chiqish.
Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Qo`shimcha qism: ishni san`at markazida nixoyasiga yetkazish.
E`tiborga molik jihati: tashlandiq materialni ishlatishda bolaning konstruktiv yechim topishga e`tibor qilish, bolaning sxemaga qarab ishlay olishi.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi.
«Oila» , syujetli-rollio`yin. Varianti: «Biz ko`chayabmiz»
Maqsad: oilaning kundalik xayotini ijodiy tasvirlash, o`ylangan syujeti uchun o`ynashga mustaqil ravishda sharoit yaratadi, atributlarni maqsadga muvofiq ishlatadi, ular bo`lmaganda o`rnini almashtiradi, o`yin davomida xayrixoxlik qiladi, jamoada o`ynay oladi, tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qo`g`irchoqlar, o`yinchoq idish-tovoqlar, mebel, o`yin atributlari.
Faoliyatning borishi:
Bolalar qo`yilgan vazifa bilan tanishishadi: yangi uyga ko`chish.
Bolalar rollarni taqsimlashadi.
Syujetni mustaqil ravishda o`ynaydi. Tarbiyachi yo`naltiradi, to`g`ri o`rash va ko`chirib o`tkazish kerak bo`lgan mebelga e`tibor qaratadi.
Qo`shimcha qism: oila, oiladagi munosabatlar, ota-onalar mexnati, kattalarga yordam to`g`risida suxbatlar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|