|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 171/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaQo`shimcha qism: tarbiyachi bilan daraxtlarni asrash xaqida suxbat.
E`tiborga molik jihati: kuzatish orqali bolalarning xulosa chiqara olishlariga, taiatga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo`lish.
Fan va tabiat markazi
Qog`oz xususiyatlari bilan tanishish.
Maqsad: xayotimizda qog`ozning ishlatilish vazifasi xaqida biladi; uning sifatini (rangi, silliqligi, qalinligi, mustahkamliligi)ni va xususiyatlari (suvni shimishi, g`ijim bo`lishi, qirqilishi, yonishi, va x.z) ni aniqlaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qadimgi yozuvlar tasvirlangantoshlar, qayin po`stlog`i, shaffof qog`oz rasmlari; qayin po`stlog`i, shaffof qog`oz, toshlar, guash, qog`oz, qalam, o`tkir tayoqcha, suv idish, turli ko`rinishda qog`ozlar, gugurt, va tarbiyachi uchun temir kosacha.
Faoliyatning borishi:
Bolalar qadimgi yozuvlar tasviri tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi. Toshda guash bilan chiziqlar chizishga harakat qilishadi, qayin po`stlog`ida xarflarni o`yishadi, qalam bilan qog`ozga yozishadi.
Atrofingizga qarab qog`ozdan tayyorlangan predmetlarni sanab o`ting. (salfetklar, oboylar, tualetqog`ozi, otkrggkalar, kitoblar, jurnallar, gazetalar, qutilar,daftarlar vax.z.)
Qog`oz xususiyatlarini aniqlashadi. Bolalar qog`ozni g`ijimlashadi, yirtishadi, suvga tushirishadi. Xulosa qilishadi.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi qog`oz qayerdan olinganligi to`g`risida aytib beradi.
E`tiborga molik jihati: qog`oz xususiyatlarini aniqlash uchun bolalar qog`oz bilan yetarlicha ishlay olishlari kerak, ammo orqalaridan yig`ishtirishni bilishlari shart. Shuningdek, bolalar bilan atrof-muxitga nisbatan va qog`ozga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo`lishimiz kerakligi to`g`risida suxbat.
San`at markazi
Rasm chizish «Mening xonam»
Maqsad: rasmning berilishiga qarab tasvirni qog`ozga joylashtirib, mustaqil ravishda syujet tanlaydi va bajaradi. Mebelning tegishli belgilari va kattaligini tasvirlab chizadi. Qora qalam bilan tashqi chiziqlarni chizib, rangli qalamlar yordamida bo`yash usulini qo`llaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|