|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 170/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaE`tiborga molik jihati: bilish jarayonining shakllanishi.
«Nutq va savodxonlik» markazi
«Milliy xunarmandchilik»
Maqsad: milliy xunarmandchilik xaqida tasavvurga ega bo`ladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuli rasmlar, zar iplar bilan tikilgan chevarchilik namunalari, kashtachilik, o`ymakorlik namunalari, sopol o`yinchoqlar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar mavzuli rasmlarni ko`rib chiqishadi.
Namunalarni ko`rib ostidagi xunar nomlarini aytishadi.
Yoqan namunani tanlab olib, sifatlar ishtirokida uni tasvirlab beradi.
Gapni tugatadi: «Men o`ymakorlikni tanladim, chunki..», Qo`shimcha qism: Buyuk Ipak yo`li to`g`risida hikoya qilib berish.
E`tiborga molik jihati: nutqning grammatik tuzilishiga, sifatlarni to`g`ri qo`llashiga.
Fan va tabiat markazi
Daraxtning xususiyatlari bilan tanishish.
Maqsad: tajriba-tadqiqot orqalidaraxt xususiyatlarini aniqlash mumkin.Xulosa chiqarish uchun o`z shaxsiy tajribasiga tayanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: ko`rsatkichlar chizilgan daraxt, suv to`ldirilgan idishlar, arralangan yog`och bo`lagi, yoshini ko`rsatadigan xalqalari tasvirlangan arralangan yog`och bo`lagi, issiq suv bilan termos, suvli krujka.
Faoliyatning borishi:
Bola «daraxtdan nimalar qilinadi» varag`ini to`ldiradi. Qarshisiga chizadi (mebel, uy, qalamlar, gugurt va x.z.)
Daraxt arralangan bo`lagini o`rganish. Yoshini bildiradigan xalqalarni ko`rib chiqishadi. Daraxt yoshini aniqlashni urinib ko`rishadi.
Daraxt xususiyatlarini aniqlashadi: shaffoflik, pishiqligi, issiqligi, o`tkazuvchanligi.
Bolalar cho`kish-cho`kmasligi to`g`risida tajriba o`tkazishadi. Suv to`ldirilgan idishga tayoqchalarni tashlashadi. Kuzatishadi va xulosa qilishadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|