|
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|
bet | 173/182 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #138245 |
Bog'liq Tayyorlov guruhi tematika lotinchaQo`shimcha qism: bolalarning ishlaridan ko`rgazma tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning ijodiy tasavvuri rivojlanganligiga, applekasiya ishida texnik ko`nikmani egallaganiga.
MAY 3 XAFTASI
«IDISH-TOVOQ» , «MILLIY NAQSH»
Qurish-yasash va matematika markazi
Qog`ozdan «Stakancha» yasash. Origami.
Maqsad: Origamitexnikasi to`g`risida biladi va ishlaydi. Sxemaga binoan stakanchani taxlaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qog`oz stakanchani yasash sxema-rejasi, origami uchun qog`oz.
Faoliyatning borishi:
Qog`oz stakanchani yasash sxema-rejasini ko`rib chiqish.
Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Qo`shimcha qism: boshqa xil idishlarni yasash taklifini berish.
E`tiborga molik jihati: origami bilan ishlashning texnik ko`nikmalari; sxema bilan ishlashni bilish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Papye-mashedan tarelkachayasash
Maqsad: papye-mashe yasash texnikasini biladi; ishni sxema bilan bajaradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuli rasmlar, papye-mashe yasash uchun zarur bo`lgan jixozlar (gazetalar, PVA yelimi, kistochkalar)
Faoliyatning borishi:
Bolalar papye-mashe texnikasida ishlangan idish-tovoqlar tasviri tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi.
Sxemani o`rganishadi.
Ishni sxemaga qarab bajarishadi.
Qo`shimcha qism: vazifani uddalagan bolalar qolganlariga yordam berishadi.
E`tiborga molik jihati: bolalarda ijodiy tasavvuri va konstruktiv qobiliyatining shakllanishiga, olingan bilimlarni amaliyotda qo`llay olishiga.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi
«Oila» nomlisyujetli-rollio`yin (variasiya: «Oiladagi tug`ilgan kun» )
Maqsad: oilada kundalik turmushni ijodiy tasvirlab berish, o`ylangan syujet uchun mustaqil ravishda vaziyat keltiradi, atributlarni maqsadga muvofiq ishlatadi, o`yinga xayrixoxlik bildtradi va jamoada o`ynay oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
|