Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati umumtaʼlim muassasalari boʻyicha Tovar-
moddiy qimmatliklar hisobi boʻyicha bosh mutaxassisining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi
oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) umumtaʼlim muassasalari boʻyicha Tovar-moddiy
qimmatliklar hisobi boʻyicha bosh mutaxassis (keyingi oʻrinlarda Bosh mutaxassis deb
yuritiladi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh mutaxassis tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining
buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh mutaxassis bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.