maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
olingan muassasa va tashkilotlar xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha
tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni shakllantiradi;
Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etadi;
moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash
yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga axborot
kiritib boradi.