Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati Bosh hisobchisining maktabgacha taʼlim
tashkilotlari boʻyicha Bosh hisobchisi oʻrinbosari
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi
oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha Bosh
hisobchisi oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda Bosh hisobchi oʻrinbosari deb yuritiladi)ning lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh hisobchi oʻrinbosari tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻining buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh hisobchi oʻrinbosari bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va
oʻz faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh hisobchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi
koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda
vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi
Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.