Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etadi;
maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi doirasida ularning buyurtmalariga muvofiq
va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun
shartnomalar tuzish, shuningdek, isteʼmol limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etilishini
taʼminlaydi;
moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash
yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga
axborot kiritib boradi.