Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va tashkilotlarning tovar-moddiy
qiymatliliklarni amaldagi qonunchilikka muvofiq roʻyxatga olish, kirim qilish va hisobdan
chiqarishni taʼminlaydi;
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlari
xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq
hajmda
toʻlanishini taʼminlaydi;
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ortiqcha
rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq,
shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni
chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib borilishini taʼminlaydi va chegiriladigan mablagʻlar
toʻgʻrisida Bosh hisobchi hamda Bosh iqtisodchiga axborot kiritib boradi;
Buxgalteriya
xizmatlari
tomonidan
qamrab
olingan,
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining homiladorlik va tugʻish nafaqalarini
belgilangan muddatlarda topshirilishini va toʻlanishini, qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar
boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilib borilishini va jamlangan holda Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha
va maktab taʼlimi boshqarmalariga yuborilishini taʼminlaydi;
Buxgalteriya
xizmatlari
tomonidan
qamrab
olingan,
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha
shtatlar jadvallarini tuzilishi va tasdiqlanishini, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston
Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab
taʼlimi boshqarmalariga yuborilishini taʼminlaydi;
Buxgalteriya
xizmatlari
tomonidan
qamrab
olingan,
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha
xarajatlar smetalari tuzilishi va tasdiqlanishini, jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab
taʼlimi boshqarmalariga yuborilishini taʼminlaydi;
Buxgalteriya
xizmatlari
tomonidan
qamrab
olingan,
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari uchun talab etiladigan
qoʻshimcha mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblar asosida aniqlanishini va ushbu qoʻshimcha
mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni jamlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab
taʼlimi boshqarmalariga yuborilishini taʼminlaydi;
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarning
xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlaydi;
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarning
byudjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlarini (daromadlarni oshirish boʻyicha) jalb qilish holatlarini
taʼminlaydi;
moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida Buxgalteriya xizmat tomonidan
qamrab olingan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallari, ularni
tuzish uchun tegishli koʻrsatkichlar oʻzgarishi hisobiga kiritilgan va kiritilayotgan oʻzgartirishlarni,
shuningdek, xodimlarga amalga oshirilayotgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻgʻri
toʻlab borilayotganligini doimiy ravishda tahlil qilib borilishini taʼminlaydi;
buxgalteriya hisobi va hisobotlarini amaldagi meʼyoriy huquqiy
hujjatlarda belgilangan
tartibda rasmiylashtirilishini hamda yuritilishini taʼminlaydi;
tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni tuzish va hududiy organlarga oʻz vaqtida
topshirilishini taʼminlaydi;
buxgalteriya hisobotlari boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi;
moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash
yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;
Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etishni taʼminlaydi;
Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan maktabgacha taʼlim
tashkilotlarining
xarajatlar smetasi doirasida ularning buyurtmalariga muvofiq va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
tovarlar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek, isteʼmol
limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlashni taʼminlaydi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga
axborot kiritib boradi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati Bosh hisobchisi yoʻqligida uning vazifasini
bajaradi.