|
-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim Pdf ko'rish
|
bet | 246/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari4-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim
tashkilotlari boʻyicha Bosh mutaxassis (iqtisodchi) javobgarligi
6. Oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq shoʻbaga yuklatilgan vazifalar
va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
7. Faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
8. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
9. Hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob
beradi.
10. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun
javob beradi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan
roʻyxatga olingan “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va
shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi” Nizomga muvofiq
buxgalteriya xizmatining xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, shtat jadvallari, jamlanma
shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish hamda budjet intizomiga rioya etilishiga
javob beradi.
12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir.
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati maktabgacha taʼlim tashkilotlari Xodimlar
|
| |